O’ta jimjimador, eskicha uslublardan qocha boshlagan ustalar aynan VI asrlarda erkin bo’la boshlashadi. Idishlar shaklining o‘zgarishi asosida hunarmandchilikdagi an’analar ham yangilangan. Va bular idishlardagi urf va chet ta’sirlarda aks etganini ko’rish mumkin.
O‘rta Osiyo tarixida bizdagi mashhur sug‘d madaniyati yodgorliklari asosan VII–VIII asrlarga taalluqlidir.
V–VII asrlarda Sug‘dning uy kulolchiligi saqlanib qolgan hududlar bozor bilan doimiy aloqada bo'lgan. Ganchkor o‘ymakorlik qismlarida urfdagi o‘zgarishlar tasviri borgan sari kuchaygan. Bor-yo‘g‘i o‘n kilometrcha masofa ajratib turgan manzilgohlardagi ham xo‘jalik, ham oshxona idishlari shakli keskin farqlanar edi. Har bir usta piyola va ko‘za shaklini o‘zgartirishda o’ziga ancha erk berishi mumkin bo'lgan.
Idishlarning judayam ziynatlanish belgilari endilikda qimmatbaho hisoblanmagan. VII asrda iste’molchiga yoqish uchun sopol idish metal idishga o‘xshab ketishi kerak edi. Ayniqsa, eski urfga aylangan qizil qoplamaga qat’iy barham berilgnlan. Kulolchilikda piyola, metallga qaraganda tezroq finjonga almashgan.
Quyidagi suratlardan ham ko’rish mumkinki, idishlar jimjimador emas, aksincha ularda Yevropaga hos oddiy dizaynni ko’rish mumkin.
VII asrning ikkinchi yarmida Maymurg‘da, VIII asr boshida esa butun Sug‘dda biz yangiligi birdan ko‘zga tashlanadigan, kulolchilikning yangi uslubiga duch kelamiz. Hattoki yonlari kungurali ganchkor finjonlar paydo bo‘lgan.
Umuman olganda, Sug‘dning V–VII asrlardagi amaliy san’ati sug‘diylar dunyoqarashining kengayganligini, shahar bilan qishloqni o‘zaro kam bog‘lab turadigan cheklangan an’analardan voz kechilganligini ko‘rsatadi.
Manba: Mavzu doirasida batafsil “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida" turkumidagi “Sug‘diyona — ipak yo‘lining yuragi” kitob-albomida (XXXV tom, 68-69-betlar) tanishishingiz mumkin.
Loyihaning bosh homiysi – Eriell-Group neft xizmatlari kompaniyasi.



