100 yil oldin bunday gilamlarni laqay va qo‘ng‘irot o‘zbek qabila guruhlari to‘qigan. Ular to‘y uchun sep sifatida tayyorlanganligi sababli, ularni qiz-gilam yoki kelin gilamlari deb atash o‘rinli.
Qiz-gilam ingichka g‘altakli dastgohda, oldindan bo‘yalgan qizil jundan, alohida tor qismlarda, qalin gazlama to‘qish usulida to‘qilgan. Keyin tayyor bo‘lgan qismlar istisnosiz barcha ko‘chmanchi xalqlar san’atidagi eng muhim muqaddas belgi hisoblangan hamda yomon ko‘zdan saqlash qiymatiga ega bo‘lgan bir xil turdagi qo‘chkorak (yoki qayqalak) turunjlari bilan kashta tikib bezatilgan.
Ehtimol, u turklar nazdidagi Tangri timsoli bo‘lgandir, qadimgi zamonlarda har qanday samoviy ma’bud xoch ko‘rinishida, quyoshning mumtoz ramzi sifatida tasvirlangan. Uning ramziy ishtiroki to‘y kunlarida yoshlarni yomon ko‘zdan saqlash va farovon oilaviy hayotning kafolatlanishini ta’minlashda juda muhim bo‘lgan. Va nihoyat, kashta tikib bezatilgan qismlar yaxlit buyumga birlashtirilgan.
Vulflar xonadoni to‘plamidagi qiz-gilam boshqa gilam turlaridan uchburchak uchlari tutash qatorlardan iborat qo‘chqorak turunjlari orasidagi o‘ziga xos to‘g‘riburchakli detal birikmalari bilan farq qiladi.
Mavzu doirasida batafsil "O‘zbekiston vadaniy merosi AQSH Va Kanada xususiy to‘plamlarida"( XXXI jild,76-77-bet) tanishishingiz mumkin.
Loyiha bosh homiysi: Eriell-Group neft xizmatlari kompaniyasi.
