Qadimiy gilamlardagi qo‘chqor shohi gajaklari nimani anglatadi?

Qadimiy gilamlardagi qo‘chqor shohi gajaklari nimani anglatadi?

Maʼlumki, antikvar ashyolar sirasiga qadimda yaratilgan badiiy va tarixiy qiymatga ega gilamlar ham kiradi.

Chet ellik kolleksionerlar amerikalik Vulflar va kanadalik Nikl Gelleris  galereyasidagi g‘ojari, oq enli va qiz gilamlari alohida qiziqish uyg‘otadi. 
 

G‘ojari eng ommalashgan palos turlaridan biri hisoblangan. Shuningdek, ular ham kalta g‘altakli dastgohlarda uzun qilib (taxt) to‘qilgan, so‘ngra esa kerakli qismlar kesib olinib, bir butun silliq gazlamaga tikib chiqilgan. Oq enli va qiz gilamlar qo‘ng‘irotlar, balki laqaylar ham ishlab to‘qigan kashtali gilamlarning o‘ziga xos guruhidir. Ular onaning qizga yaxshi niyatlar bilan beradigan sepining bir qismi bo‘lib, kelin-kuyovlarning chimildig‘i yoki choyshabi sifatida ishlatilgan.
 

Qadimiy gilamlardagi qo‘chqor shohi gajaklari nimani anglatadi?
Oq enli gilamlar kalta g‘altakli dastgohlarda, alohida qismlar sifatida turli uslublarda to‘qilgan, so‘ngra bir-biri bilan qo‘shib tikilgan. G‘ojari uslubida bajarilgan naqshli yo‘llar kashtadan rang-barang naqshlar solingan oq jundan to‘qilgan silliq matoli yo‘llar bilan almashinadi. Bu gilamning oq yo‘llari – kelin-kuyovlar turmushiga oq yo‘l tilash belgisi bo‘lsa, bu yo‘llar atrofidagi yulduzlar va gul mavzulari, hosildorlikni anglatuvchi ilohiy belgilar (qo‘chqor shoxi gajaklari) bilan “himoyalangan”.

Qadimiy gilamlardagi qo‘chqor shohi gajaklari nimani anglatadi?

Gilamchilik o‘zbek amaliy sanʼatining yorqin va tasviriy turlaridan biri bo‘lib, milliy madaniyat iftixori hisoblanadi. Oddiy ayollar tomonidan yaratilgan ushbu mahsulotlar bugungi kunda butun dunyoda yuksak sanʼat asari sifatida baholanadi. Ular nafis gullari, hayratomuz naqshlari va bir-biriga uyg‘un bo‘yoqlari bilan kishini o‘ziga jalb etadi.

Qadimiy gilamlardagi qo‘chqor shohi gajaklari nimani anglatadi?

Manba: “O‘zbekiston kashtachiligi va gilamlari xorijiy to‘plamlarda” 4 tom.

Loyihaning bosh homiysi Eriell-Group neft xizmatlari kompaniyasi.