ЎЗБЕКИСТОН КАШТАЧИЛИГИ ВА ГИЛАМЛАРИ ХОРИЖИЙ ТЎПЛАМЛАРДА
Tavsif
2013 yilda Germaniyaning Visbaden shahridagi Rippon Bosvell auksion uyi tomonidan o‘tkazilgan kimoshdi savdosida XIX asrga oid Shahrisabz so‘zanasi (kashta tikib bezatilgan choyshab) 143 ming yevroga sotildi. Bu shu paytga qadar kimoshdi savdolarida O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan to‘qimachilik mahsulotlariga to‘langan rekord narx hisoblanadi. Bizning mamlakatimizda kashtachilik va gilamdo‘zlikning turli xil maktablari asrlar davomida rivojlanib kelmoqda. Binolarning ichki qismi uchun mo‘ljallangan kashtachilik sanʼati bilan ko‘proq o‘troq aholi shug‘ullagan bo‘lsa, gilamchilik bilan ko‘proq dasht aholisi shug‘ullanib kelgan. Shahrisabz va Nurota, Samarqand va Toshkentning kashta bilan bezatilgan pannolari, surxondaryoning qo‘ng‘irot ayollari, Qashqadaryoning arab ayollarining to‘qilgan va kashtali gilamlari butun dunyoga mashhur bo‘lgan. Bugungi kunda ushbu mahsulotlar yuksak darajada kolleksiyalash va o‘rganish predmetiga aylanmoqda. Ular avloddan-avlodga o‘tib kelayotgan turli xildagi naqshlari, shuningdek, to‘qimachilik bilan bog‘li ishlash usullari bilan kishini hayratda qoldiradi. Ushbu kitob-albomda oltita muzey va beshta shaxsiy kolleksiyalarda saqlanayotgan XIX asr va XX asrning boshlarida ishlangan o‘zbek kashtachilik msahsulotlari va gilamlarining eng yorqin va eʼtiborga molik eksponatlari taqdim etilgan.