Shuningdek, u musiqa asboblarining harbiy funksiyalariga o‘zgartirishlar kiritdi, ulardan foydalanishni soddalashtirdi va tizimlashtirdi, bu qoidalarni o‘zining mashhur «Tuzuk» larida mustahkamladi.
Amir Temurning ko‘rsatmalari harbiy boshliqlarni musiqiy asboblar bilan taqdirlash g‘oyasiga asoslanadi.
Yilnomalarda aks ettirilgan haqiqiy harbiy amaliyot asosi "katta nog‘ora"ni ifodalovchi ikkita o‘zaro bog‘liq zarb asboblari bo‘lgan. Ulardan biri qadimgi forscha kus nog‘orasidir. Kusning ikkinchi analogi turkiy-mo‘g‘ul harbiy yurishlaridan kelib chiqqan va chig‘atoycha kurke (kureke) deb atalgan.
Amir Temur davrida harbiy yurishlarda qo‘llangan cholg‘ular bilan bir qatorda dunyoviy musiqa uchun mo‘ljallangan puflama, torli va zarbli cholg‘u asboblari ham bor edi.
Bu haqda batafsil ma’lumotni “O‘zbekistonning madaniy merosi jahon to‘plamlarida” turkumidagi (VI tom) “O‘zbekiston musiqiy merosi Rossiya Federasiyasi to‘plamlarida” kitob-albomidan olishingiz mumkin.
Loyiha bosh homiysi Eriell-Group neft xizmatlari kompaniyasi.


