Fotosuratchi Dudinning hayrati

Fotosuratchi Dudinning hayrati

Dudin ko‘p fotosuratlarni – Samarqandning Ulug‘bek, Sherdor va Tillakori kabi ulug‘vor uch madrasasi joylashgan Registon maydonidagi eng katta bozoridan olgan.

Uning safar hisobotida yozgan xotiralari bilan suratlarga ko‘chgan holatlar bir-biriga uyg‘unlashib, bir-birini to‘ldirib turadi:

"Bir tarafda – choyxona va ayirboshlash do‘konchalari, ikkinchi tarafda – nosvoychilar va chilimchilar o‘z mahsulotini shu yerda tayyorlab, xaridorini kutadi. Maydon bo‘ylab ular orasida ochiq qolgan joylar oralab betartib sharoitda turli-tuman yeguliklar: pishloq, bo‘g‘irsoq sotuvchilar terilgan; kabobchilar kabob pishiradigan jihozlarini yelkalab ketyapti; qo‘yning qaynatilgan kalla-pochasi, ichak-chavog‘i, tili, quyrug‘ini sotuvchilar ham shu yerda. Nonvoylar savatlarini nonga to‘ldirib, sotuvchilar va xaridorlar oralab, «yumshoq non», «issiq non» deya o‘z nonini maqtab, xaridor chaqirib yuribdi. Ularning tepasida to‘rtburchak soyabon ayvonlar quyosh tig‘ida oqarib, ko‘karib, yaltirab turipti. Soyabonlar soyasi bilan kesilgan bo‘lak-bo‘lak joylarda tarvuz va qovun xirmonlari uyulib, quyoshda yaltirayapti. Bir burchakda chiroyli terilgan olma, anor, nok, uzum uyumlari gilamday yastanib yotibdi… Masjid devorlari tagida etikdo‘zlar bir qator bo‘lib, terilgancha kichkina bolg‘achalarini dukillatib, eski kavushlarni ta’mirlashyapti. Qarshi tomondagi soya tagida qatorlashib joylashgan sartaroshlar odamlarning boshini qirtishlab, sochini olayapti. Devorga yopishtirilgan bo‘lak-bo‘lak marmarlar orasidagi yoriqqa tiqilgan mixda sartaroshning sochig‘i, zarur jihozlari va to‘rqovoq osilgan. To‘rqovoqda eng sevimli qushi – bedana sayrayapti. Hammasining tepasida, o‘ng va chap tomonlarda turli yozuvlar, bezaklar, mozaikalar bilan bezatilgan madrasa devorlari va uning ensiz, baland, chiroyli minoralari qad rostlab turibdi"

Mavzu doirasida batafsil “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida "O‘zbekiston Rossiya arxivlari to'plamlarida saqlanayotgan XIX asr va XX asr boshlariga oid tarixiy fotosuratlarda turkumidagi“ (37 jild) tanishishingiz mumkin.

Loyihaning bosh homiysi Eriell-Group neftservis kompaniyasi. 
 

Fotosuratchi Dudinning hayrati