Jumladan, 1984 yilda Luvr sotib olgan “MAO 713” raqamli miniatyura aks ettirilgan varaq islom miniatyurasi va san'ati, kitob yaratish sohasidagi yutuqlardan biri hisoblanadi. U Hotifiyning «Layli va Majnun» dostoni qo‘lyozmasiga mansub bo‘lib, Abdullaxon kutubxonasi uchun ko‘chirilgan va bezatilgan. Miniatyurada Majnun Laylining iti bilan birga tasvirlangan. Islom Movarounnahriga oid sanab o‘tilgan barcha yodgorliklar 2003 yildan buyon Luvrning Islom san'ati bo‘limida jamlangan.
Mavzu doirasida batafsil «O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida» turkumidagi «MOVAROUNNAHR BЕZAKLI QO‘LYOZMALARI FRANSIYA TO‘PLAMLARIDA» kitob-albomida (XXIX jild) tanishishingiz mumkin.
Loyiha bosh homiysi – Eriell-Group neft xizmatlari kompaniyasi.
Abdullaxon kutubxonasi uchun ko‘chirilgan doston qayerda saqlanadi?
Mashhur kolleksiyachi Mijonning faoliyatini shogirdlari ham muvaffaqiyatli davom ettirishgan.
