U Valiullohning eng sevimli uslubi – Xitoyning islom sanʼatiga taʼsirini eslatib turadigan tush bilan chiziladigan siyohi-qalam usulidan foydalanadi. Behzod unda “Guliston”ning 4-bobidagi «Sukut saqlashning afzalliklari to‘g‘risida»gi 10-masalini tasvirlaydi. Unda qaroqchilar boshlig‘ining yoniga maqtovlarga to‘la qasida yozib borgan shoir, ammo uning maqtov uchun mukofot olish o‘rniga sovuqda yalang‘och qishloqdan quvilgani va u yerda unga itlar hujum qilgani tasvirlangan.
Behzodning ushbu dastlabki tugallanmagan ishida biz uning ijodining yetuk davriga xos xususiyatlarni ham ko‘rishimiz mumkin. Bu uning ijtimoiy mavzuga yo‘naltirilgan syujetni tanlash, manzaralardagi bosh qahramonning kompozitsiyaning markazida bo‘lishini taʼminlovchi zaruriy qismlarni birlashtirish qobiliyati (ushbu miniatyurada bunga uning qiyofasini ikki tomondan hoshiyalab turgan, shu bilan birga uni go‘yo itlardan himoya qilgandek tuyulgan daraxtlar yordam beradi), makonning teranliklarini yetkazish qobiliyati, tafsilotlarni chizishdagi rassomning kuzatuvchanligida ko‘zga tashlanadi. Shoirning yalang‘och tanasi ustiga tashlangan so‘fiylar yopinchig‘i – taylasan – bilvosita syujetning tilsimli mazmunini ko‘rsatib beradi.
Mavzu doirasida batafsil “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida" turkumidagi “Kamoliddin Behzod merosi jahon to‘plamlarida” kitob-albomida (L-jild) tanishishingiz mumkin.
Loyiha bosh homiysi – Eriell-Group neft xizmatlari kompaniyasi.
Behzod: ilhom va shogirdlik davri
Behzodning eng birinchi mustaqil asarida XIII asrning mashhur fors so‘fiy shoiri Saʼdiy Sheroziyning “Guliston” asaridagi syujetlar tasvirlangan. Unda Behzod ustaxonadagi o‘zidan katta hamkasbi, o‘z ijodi bilan uning shakllanishiga, hatto maʼnaviy jihatdan ham juda katta taʼsir o‘tkazgan Valiullohga ochiqchasiga taqlid qiladi.