Xorazmshohlar qachon o‘z tangalarini zarb eta boshlashgan?

QANDAY QILIB BUTUNJAHON JAMIYATIGA DO‘ST BO‘LISH MUMKIN?

Xorazmshohlar qachon o‘z tangalarini zarb eta boshlashgan?

Tangalarni zarb qilish amaliyotga kiritilguniga qadar Xorazmda ko‘p asrlar mobaynida ayirboshlash savdosi hukmronlik qildi.

Keyinchalik sug‘diylar, baqtriyaliklar va saklarlarning o‘zaro munosabatlarida, Yunoniston bilan bordi-keldisi aloqalari natijasida Xorazmda metall tangalar paydo bo‘lgan. Ammo ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning maʼlum shartlari tufayli ular savdo-sotiqda qiymat o‘lchoviga aylantirilmagan.

Keyin Xorazm yerida Iskandar Zulqarnayn, Oltin O‘rda va boshqa istilochilarning tangalari zarb etila boshlagan. Xorazmshohlar hukmronligi davridagi Xorazm hududida Muhammad Xorazmshoh nomidan tangalar zarb etilgan. 1220 yilda Muhammad Alouddin Xorazmshoh Termizda o‘z nomidan tangalar chiqargan.

1221 yilda Xorazmshoh Muhammad ibn Tekesh Buxoroda tangalar zarb ettirdi. Shuningdek, 1220 yilning ikkinchi yarmida Hindiston va Gurjistonda bo‘lib turgan sulton Jaloliddin Manguberdi ham o‘z nomidan kumush va mis tangalarni zarb qildirgan.

Batafsil "O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida" loyihasi, 47- jild, “Ichan-Qalʼa” davlat muzey-qo‘riqxonasi to‘plami» kitob-albomi o‘qishingiz mumkin.

Loyiha bosh homiysi – Eriell Group neft xizmatlari kompaniyasi.  
 

Xorazmshohlar qachon o‘z tangalarini zarb eta boshlashgan?