Uning hukmdorligi davri nisbatan qisqa fursat davom etdi va judayam notinch kechdi. Qabilalararo va urug‘lararo nizolarni bartaraf etish umidida u Rossiya hukumati bilan yanada yaqinlashishga majbur bo‘ldi. Isfandiyorxon bir necha bor Sankt-Peterburgga safar qildi. General-mayor unvonini qo‘lga kiritdi va hali valiahd shahzodalik davridayoq birinchi darajali Avliyo Svyatoslav, birinchi darajali Avliyo Anna kabi Rossiya ordenlariga sazovor bo‘ldi. Hukumat tepasiga kelgandan so‘ng esa, 1911 yilda – bir paytlar otasi ham sazovor bo‘lgan Rossiya imperatorining eng oliy toifali – Oq Burgut ordenini olishga muyassar bo‘ldi. 1918 yili davlat to‘ntarishi natijasida Isfandiyorxon o‘ldirildi.
Mavzu doirasida batafsil “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida "O‘zbekiston Rossiya arxivlari to'plamlarida saqlanayotgan XIX asr va XX asr boshlariga oid tarixiy fotosuratlarda turkumidagi“ (37 jild) tanishishingiz mumkin.
Loyihaning bosh homiysi Eriell-Group neftservis kompaniyasi.