"O'zbek masjidlaridan ufurib turgan rayhon islari"

QANDAY QILIB BUTUNJAHON JAMIYATIGA DO‘ST BO‘LISH MUMKIN?

"O'zbek masjidlaridan ufurib turgan rayhon islari"

Nafaqat masjidlar, balki masjid atrofi va yoki hovlisidagi go'zalliklar ham suratkashlarni lol qoldirgan.

Masalan S.M. Dudin o‘zining 1900–1902 yillardagi xizmat safari hisobotida: «Shaharlarning barcha burchaklariga qurilgan qator masjidlar ko‘chalarga ko‘pdan-ko‘p chiroy baxshida etib turadi. Ular juda go‘zalligi bilan boshqa imoratlardan ajralib turadi. Bularda zerikarli tuyuladigan bir xillik mavjud: qator daraxtlar, masjid hovlisida bitta tartibda qurilgan hovuzlar… Bu hovuzlarda musulmonlar namoz oldidan tahorat oladilar, suv ichadilar va shu hovuzlar suvini ko‘chalarga sepadilar. Samarqand va Buxoro kabi katta shaharlardagi hovuzlar tuzilishi jihatidan juda rang-barang. Negaki, ular necha yuz yillar burun qurilgan. Ularni bahaybat daraxtlar o‘rab turadi. Deyarli har bir masjid va madrasa hovlisida, mullalarning hujralari qoshida rayhon, iris, tirnoqgul kabi gullar ekilganqatorlar yoki gultuvaklarni, qayrag‘ochlar, tutzorlar va chinorlar orasida esa mehr bilan parvarishlanayotgan anor va bodomni uchratish mumkin. Bu yerlarda har doim tinchlik va osoyishtalik hukm suradi. Yaproqlar to‘sgan ko‘cha shovqini bu yerda uncha eshitilmaydi, uning o‘rnini bir maromdagi Qur’on tilovati yoki masjid qoshidagi maktab bolalarining baland ovozdagi tahsili egallaydi».

Mavzu doirasida batafsil “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida "O‘zbekiston Rossiya arxivlari to'plamlarida saqlanayotgan XIX asr va XX asr boshlariga oid tarixiy fotosuratlarda turkumidagi“ (37 jild) tanishishingiz mumkin.

Loyihaning bosh homiysi Eriell-Group neftservis kompaniyasi. 
 

"O'zbek masjidlaridan ufurib turgan rayhon islari"