O‘zbekiston Milliy kutubxonasi fondida qaysi o‘zbek yozuvchilari va shoirlarining asarlari mavjud?

QANDAY QILIB BUTUNJAHON JAMIYATIGA DO‘ST BO‘LISH MUMKIN?

O‘zbekiston Milliy kutubxonasi fondida qaysi o‘zbek yozuvchilari va shoirlarining asarlari mavjud?

O‘zbekiston Milliy kutubxonasi fondida O‘zbekistonning taniqli shoirlari va yozuvchilari Abdulla Qodiriy, Abdurauf Fitrat, Mashrab, Cho‘lpon, Abdulla Qahhorning hayotlik davrida nashr etilgan kitoblari taqdim etilgan.

Abdulla Qodiriy (1894 – 1938) nafaqat badiiy va satirik asarlar muallifi, balki iste’dodli lug‘at tuzuvchisi ham bo‘lgan. Adib tomonidan tuzilgan «To‘liq ruscha-o‘zbekcha lug‘at»ning «P» harfi bilan boshlangan so‘zlar qatori bunga yaqqol misol bo‘lib, u jami 21 500 ta lug‘atga oid maqolalardan tashkil topgan. Shuningdek, bo‘lim kolleksiyasida Qodiriy qalamiga mansub uch qismli «O‘tkan kunlar» romanining 1926 yilda nash etilgan nusxalari ham saqlanadi.

Mashhur o‘zbek shoirlaridan biri Abdulhamid Cho‘lponning (1897 – 1938) «Soz» asari 1935 yilda lotin alifbosida nashr etilgan. Shuningdek, uning E. Zart tomonidan tarjima qilingan «Devona», «Qimmat», «Ko‘hi malak»; Oreshin tarjima qilgan «Qishloq kooperativi»; L. A. Sayfullina tarjima qilgan «Ichkari» kabi asarlarining tarjimalari ham saqlangan. Cho‘lponning 40 sahifadan iborat «Uyg‘onish» she’rlar to‘plami 1922 yilda Toshkentda nashr etilgan. To‘plamga uning Buxoro, Samarqand va Toshkentda yozilgan 23 ta she’ri kiritilgan. Abdurauf Fitratning (1886 – 1938) «Arslon» (1926), «Nahv» (1927), «O‘zbek klassik musiqasi» (1927), «Eng eski turk adabiyoti namunalari» (1927), «Qiyomat» (1936) asarlari va «Chin sevish» dramasi hamon bo‘lim kolleksiyalarida saqlanadi.

O‘zbekiston Milliy kutubxonasi haqidagi  boshqa ma’lumotlarni «O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida» turkumidagi «Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston milliy kutubxonasining qo‘lyozma va kitob merosi» ( XLI jild) kitob-albomidan olishingiz mumkin.

Loyihaning bosh homiysi Eriell-Group neftservis kompaniyasi.
 

O‘zbekiston Milliy kutubxonasi fondida qaysi o‘zbek yozuvchilari va shoirlarining asarlari mavjud?