O‘zbek tilida chop etilgan ilk gazeta

QANDAY QILIB BUTUNJAHON JAMIYATIGA DO‘ST BO‘LISH MUMKIN?

O‘zbek tilida chop etilgan ilk gazeta

Turkistonning vaqtli matbuot nashrlari kolleksiyasi 1870 yildan boshlangan.

O‘zbek tili (arab alifbosi)da nashr etilgan birinchi gazeta – 1870 – 1916 yillarda Toshkentda nashr etilgan «Turkiston viloyatining gazeti» sanaladi. Gazetaning maqsadi Turkiston viloyati xalqlarini mahalliy ma’muriyatning farmoyishlari bilan tanishtirib, o‘lkaning tarixi va geografiyasi to‘g‘risida ma’lumot berib borishdan ibora bo‘lgan.

1870 yil 28 aprelda (10 may) rasmiy gazetaning rus tilidagi birinchi soni «Turkestanskiye vedomosti» (Toshkent, 1870 – 1917) bosmadan chiqdi. Gazetada Turkiston o‘lkasining adabiyoti, etnografiyasi, tarixi, qishloq xo‘jaligi bo‘yicha turli maqolalar chop etilgan. 1893 yildan 1917 yilgacha bo‘lgan davrda «Turkestanskiye vedomosti» gazetasining batafsil bayon qilingan tavsiflari asosida tuzilgan alfavit tartibidagi va ko‘rgazmali xaritalarning katalogi (qo‘lyozma shaklida) vatan tarixini o‘rganishda katta yordam beradi.

O‘zbekiston Milliy kutubxonasi haqidagi  boshqa ma’lumotlarni «O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida» turkumidagi «Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston milliy kutubxonasining qo‘lyozma va kitob merosi» ( XLI jild) kitob-albomidan olishingiz mumkin.

Loyihaning bosh homiysi Eriell-Group neftservis kompaniyasi.
 

O‘zbek tilida chop etilgan ilk gazeta