O‘zbekiston Milliy kutubxonasi 1999 yildan boshlab «Central Asia» xalqaro anjumanini, 2012 yildan esa har yili foydalanuvchilarda mustaqil ma’lumot olishga qiziqish va ishtiyoqni kuchaytirish, yangi nashr etilgan ijtimoiy-siyosiy, ilmiy-ma’rifiy, o‘quv va badiiy adabiyotlar bilan batafsil tanishtirishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan «INFOLIB» Milliy axborot-kutubxona haftaligini o‘tkazib kelmoqda.
O‘zbekiston Respublikasida ilmiy tadqiqotlar sifati va nashriy faollikni oshirish maqsadida Milliy kutubxona «Ilmiy ma’lumotlardan foydalanish va nashr ettirish faolligi» Milliy ilmiy-ta’limiy forumi o‘tkazish tashabbusi bilan chiqdi. Kutubxona amaliyoti tarixida ilk bor respublikadagi 120 ta o‘quv, ilmiy va axborot-kutubxona muassasalari uchun EBSCO ilmiy-ma’rifiy ma’lumotlar bazasiga jamoaviy kirish imkoni tashkillashtirildi.
O‘zbekiston Milliy kutubxonasi haqidagi boshqa ma’lumotlarni «O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida» turkumidagi «Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston milliy kutubxonasining qo‘lyozma va kitob merosi» ( XLI jild) kitob-albomidan olishingiz mumkin.
Loyihaning bosh homiysi Eriell-Group neftservis kompaniyasi.

