Ko‘p asrlardan beri O‘rta Osiyoda yashayotgan Buxoro yahudiylari bu yerda alohida tanlangan yahudiylar guruhi sifatida shakllandi. Nafaqat Buxoroda, balki Buxoro amirligi hududlarining turli shaharlarida yashayotganlari uchun ular «Buxoro yahudiysi» nomini oldilar. Turkiston general-gubernatorligi tashkil topishi ortidan (1867 yil) katta-katta yahudiylar guruhlari Farg‘ona vodiysining shaharlari, Toshkent va boshqa joylarga ko‘chib borib o‘rnashdilar. Ular savdogarlik va mayda hunarmandlik bilan shug‘ullanardilar. Shuningdek bo‘yoqchilik, zargarlik, tunukachilik, quruvchilik, toshkesarlik bilan mashg‘ul bo‘lib, shaharlarning xo‘jalik faoliyatiga sezilarli hissa qo‘shishardi. Buxoro yahudiylari musulmonlar orasida joylashishar, ammo ko‘pincha o‘zlarining alohida mahallasiga ega bo‘lardi.
Mavzu doirasida batafsil “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida "O‘zbekiston Rossiya arxivlari to'plamlarida saqlanayotgan XIX asr va XX asr boshlariga oid tarixiy fotosuratlarda turkumidagi“ (37 jild) tanishishingiz mumkin.
Loyihaning bosh homiysi Eriell-Group neftservis kompaniyasi.

