U o'qiyotgan yigitning ko'p figurali kompozitsiyasi bilan mashhur. Taxminan 1610 yilda bezatilgan bo'lib, hoshiyasidagi manzaralar Muhammad Murod tomonidan ishlangan, Muhammad Sharif esa kitob markazidagi yosh yigit suratini chizgan. Mazkur sahifa avval boshdan boshqa — o‘sha rassomlar tomonidan ishlangan, malika siyrati tasvirlangan sahifaning ro‘parasiga joylashtirilgan. Ikkinchi sahifa Vever tomonidan sotib olingan bo‘lib, u hozirgi kunda Vashingtonda saqlanmoqda. U Sakler galereyasida “S.86.0304” raqami bilan ro‘yxatga olingan.
Mavzu doirasida batafsil “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida” turkumidagi «Movarounnahr bеzakli qo‘lyozmalari Fransiya to‘plamlarida» kitob-albomida (XXIX jild) tanishishingiz mumkin.
Loyihaning bosh homiysi Eriell-Group neftservis kompaniyasi.

