Kamoliddin Behzod miniatyuralari jahon to‘plamlarida

Kamoliddin Behzod miniatyuralari jahon to‘plamlarida

Kamoliddin Behzod o‘zining uzun va mazmundor hayoti davomida boy badiiy meros qoldirdi.

Biroq, bu merosni o‘rganish hali ham tadqiqotchilar uchun muammo bo‘lib qolmoqda, chunki faqat bir nechta qo‘lyozmalardagina mavjud miniatyuralar, shubhasiz buyuk musavvir ijodiga mansub ekanligi maʼlum, xolos. Bular quyidagi asarlardir:

Saʼdiyning “Bo‘ston”i. 1488 – 1489 yillar. (Saqlanish joyi: Misr kitoblari Bosh tashkiloti, Qohira, Adabi Forsi, 908),

«Mantiq ut-tayr» («Qushlarning suhbati») Farididdin Attor. 1486 yil. (Saqlanish joyi: Metropoliten-muzey, Fletcher fondi, Nyu-York),

Nizomiyning “Xamsa”si, 1495 – 1496 yillarda qayta ko‘chirilgan. (Saqlanish joyi: Britaniya muzeyi (Add. 25900), London),

Nizomiyning “Xamsa”si, qo‘lyozmada 1442 yil sanasi ko‘rsatilgan, lekin 1490 yillarda rasmlar bilan bezatilgan. (Saqlanish joyi: Britaniya muzeyi (Add. 25900), London).

Afsuski Behzod asarlari yoki unga tegishli deb hisoblanayotgan miniatyuralarining turli jahon to‘plamlarida paydo bo‘lishi tarixini tadqiq etuvchi jamlangan asar hanuzgacha mavjud emas.

«O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida» loyihasi doirasida atoqli musavvir ijodi va shaxsiyati betakrorligini ochib beruvchi nashrga uning miniatyuralarini yig‘ib olish maqsadida yuqoridagi muassasalar bilan aloqa o‘rnatish borasida mashaqqatli ishlar amalga oshirildi.

Mavzu doirasida batafsil “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida" turkumidagi “Kamoliddin Behzod merosi jahon to‘plamlarida” kitob-albomida (L-jild) tanishishingiz mumkin.

Loyiha bosh homiysi – Eriell-Group neft xizmatlari kompaniyasi.
 

Kamoliddin Behzod miniatyuralari jahon to‘plamlarida