Bumiller to‘plamidagi ko‘zgu

Qo‘zg‘almas yulduzlar haqida hikoya qiluvchi asar

Buyuk mutafakkiri Mirzo Ulug‘bekning bir nechta asari bizgacha yetib kelgan.

Ular asosida ilmiy tadqiqotlar olib borilgan. Uning “Suvar al-kavakib as-sabita” astronomik asari noyob qo‘lyozmalar sirasiga kiradi.

1891 yil aprel oyida Milliy kutubxonaga 1430—1440 yillarda Samarqanddagi mashhur rasadxona qurilishi paytida Ulug‘bekning shaxsiy kutubxonasi uchun tayyorlangan as-So‘fiyning 74 ta rangli suratlar ajoyib xattotlik qo‘lyozmasi «Suvar al-kavakib as-sabita» asariga kiritilgan. Ushbu qo‘lyozma 1891 yil aprelь oyida Frantsiya milliy kutubxonasiga keltirilgan. Ma'lum bo‘lishicha, qo‘lyozma sotib olingan vaqtda J.Klatts ismli kishining qo‘lida bo‘lgan. Qo‘lyozmaning yorlig‘idagi 1228/1813 sanasi va Onado‘lining diniy ishlar bo‘yicha ma'muri Muhammad Sodiq Hofiz Afandi Kadhudozodaning sobiq kutubxonasiga daxldorligini bildiruvchi yorliqqa ko‘ra, qo‘lyozma Istanbuldan keltirilgan. Qo‘lyozmadagi «Sulton Muhammad» yozuvli muhr, ehtimol, temuriy shahzodaga tegishli bo‘lib, kitob safaviylar-usmoniylar o‘rtasidagi urushlar paytida Markaziy Osiyodan Usmoniylar saltanatiga kelib qolganligini ko‘rsatadi.

Mavzu doirasida batafsil «O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida» turkumidagi «MOVAROUNNAHR BЕZAKLI QO‘LYOZMALARI FRANSIYA TO‘PLAMLARIDA» kitob-albomida (XXIX jild) tanishishingiz mumkin.

Loyiha bosh homiysi – Eriell-Group neft xizmatlari kompaniyasi.

Qo‘zg‘almas yulduzlar haqida hikoya qiluvchi asar