
Shohiyning taxminan 1550 – 1560 yillarga oid yana bir «Devoni»da Mahmud Muzahhibga tegishli xuddi shunday surat Nyu-York xalq kutubxonasida saqlanadi. Vashingtondagi Frir San’at galereyasida joylashgan taxminan 1560 yilga oid Buxoro «Xamsa»sida ham unga juda o‘xshash tasvir mavjud.
Mazkur juftlikning yana bir sanasi noaniq tasviri xattot Imad Husayniy tomonidan ko‘chirilgan Istanbul universiteti kutubxonasida saqlanayotgan forsiy g‘azallar to‘plami qo‘shaloq miniatyurasining chap tomonida joylashgan. Ketishga qaror qilgan suyuklisining etagini tutib turgan yigit obrazi juda mashhur bo‘lgan. Buxoro miniatyuralarida bu kabi namunalarni ko‘plab ko‘rish mumkin.
Mavzu doirasida batafsil “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida” turkumidagi «Movarounnahr bеzakli qo‘lyozmalari Fransiya to‘plamlarida» kitob-albomida (XXIX jild) tanishishingiz mumkin.
Loyihaning bosh homiysi Eriell-Group neftservis kompaniyasi.