Milliy tasviriy san’at maktabi vakillari (II qism)

Milliy tasviriy san’at maktabi vakillari (II qism)

P. Benkovning boshqa hammaslaklari kabi san’atning milliy maktabini shakllantirishdagi hissasi beqiyos.

Milliy tasviriy san’at maktabi vakillari (II qism)

O‘zbekistonga ko‘chib kelish rassomning ijodkorlik mahoratini kashf etishga ko‘mak berdi. Uzoq vaqtlar mobaynida u portret obrazlar va tabiat manzaralari, syujet motivlarini nozik did bilan chizib, impressionizmga sodiq bo‘lib qoldi. 

N. Kashinning «Tushki tanaffus», «Natyurmort», «Raqs darsi» kabi ishlarida uning realistik san’at maktabi makonidagi ijodiy izlanishlarini sezish mumkin. Uning keyinchalik — 1960 yillarda chizilgan «Yoz», «Sokinlik» asarlari ijodidagi oxirgi davrga mansub bo‘lib, u yana dekorativlikka, yorug‘likka, erkin rasm chizishga, umuman olganda, ijodiy ruhning rang-barangligiga qaytganini anglatardi. 

Z. Kovalevskayaning «Olmalar bilan natyurmort», «P. Benkovning portreti», «Hordiq» va boshqa kartinalari ham rassom ayolning ijodiy mahoratini oshkor etadi.

Bu haqda “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida” turkumidagi “O‘zbekiston Davlat san’at muzeyi to‘plami” (XIII jild) kitob-albomidan batafsil ma’lumot olishingiz mumkin.

Loyihaning bosh homiysi Eriell-Group neftservis kompaniyasi.