Chexiyaning Chervena Lgota qasridagi Nurota to‘ylarida ishlatiladigan buyum

Chexiyaning Chervena Lgota qasridagi Nurota to‘ylarida ishlatiladigan buyum

Chexiya Respublikasi davlat madaniy muassasalarida O‘zbekistondan keltirilgan sanʼat ashyolari oz bo‘lsa-da, o‘zbek madaniy merosining o‘ziga xosligini ko‘rsatib beruvchi ajoyib to‘plamlarda aks ettirilgan.

Chexiyaning Chervena Lgota qasridagi Nurota to‘ylarida ishlatiladigan buyum

O‘zbekiston manbalarining eng to‘liq va keng ko‘lamli to‘plami milliy muzey – Naprstek nomidagi Osiyo, Afrika va Amerika madaniyatlari muzeyidan joy olgan.
       
2012 yili Pragada ingliz tilida nashr etilgan «Chex sayyohlari va to‘plovchilari O‘rta Osiyoda. Naprstek nomidagi milliy muzey to‘plamlari» nomli monografiyada mazkur to‘plamga mutaxassislar nuqtai nazaridan baho berilgan. O‘zbekistondan keltirilgan buyumlarning kichik to‘plami Praga milliy galereyasidan ham o‘rin olgan. 
        
O‘ziga xos o‘zbek milliy buyumlari Chexiya Respublikasining boshqa madaniy muassasalaridan ham o‘rin olgan. Ulardan biri Janubiy Chexiyaning Chervena Lgota qasridir. U yerdagi Sharq to‘plamida Nurota to‘ylarida ishlatiladigan buyum – zar kashtali so‘zana ko‘rgazmaga qo‘yilgan. So‘zana 1900 yilgacha tikilgan, deb qayd etilgan. Bu buyum shu qasrning sobiq egasi, shahzoda Yogann Shyonburg-Gartenshteyn (1864 – 1937 yy.) va uning rafiqasi Sofiya (1878 – 1944 yy.) to‘plamlarining bir bo‘lagi xolos. Sofiya Sharq sanʼatining shaydosi edi, u diplomat bo‘lmish turmush o‘rtog‘ining chet ellarga (xususan London, Konstantinopol, Buxarestga) qilgan xizmat safarlariga hamrohlik qilgan chog‘larida sharq xalqlari tomonidan yaratilgan to‘qimachilik buyumlarini sotib olgan va Chervena Lgota qasrida alohida Sharq salonini tashkil qilgan.
      
Plzendagi G‘arbiy Chexiya muzeyining badiiy ishlab chiqarish bo‘limida XIX asrning ikkinchi yarmida yaratilgan Buxorodagi metallga badiiy ishlov berish hunarmandchiligining noyob mahsuli hisoblangan – jez choydish saqlanadi. Ushbu buyum 1901 yilda muzey tomonidan sotib olingan.Chexiyaning Chervena Lgota qasridagi Nurota to‘ylarida ishlatiladigan buyum.

Mavzu doirasida batafsil “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida" turkumidagi "Chexiya Respublikasi to‘plamlari” kitob-albomida (XVI jild) tanishishingiz mumkin. 

Loyihaning bosh homiysi – Eriell-Group neft xizmatlari kompaniyasi.