Sunbula burjining ajoyib tasviri

Sunbula burjining ajoyib tasviri

Arabe 5036 raqamli qo‘lyozma ikkita tekislikda: Yerdan va samoviy gumbazdan ko‘rinuvchi yulduzlar turkumini aks ettirgan 74 ta miniatyurani o‘z ichiga oladi.

Sunbula burjining ajoyib tasviri

Ushbu tasvirlarning ba’zilari usluban (45 a va boshqa sah.), qisman Xitoy san’at namunalaridan ilhomlanib chizilgan bo‘lishi mumkin. Azra (arabcha sunbula) samoda ko‘ringanidek tasvirlangan Sunbula – oltinchi astrologik burj bo‘lib, Arslon va Tarozu orasida keladi. Bu yerda burj sohibining xitoycha tashqi ko‘rinishi, shu bilan birga forsiy tasavvurga ko‘ra, rangbarang qanotlarga ega ekanini qayd etmaslik mumkin emas. Tasvirlangan xitoycha go‘zallik timsoli FMKdagi biz o‘rganayotgan «Me’rojnoma»ning ba’zi miniatyuralari bilan mutlaqo bir xil.

Mavzu doirasida batafsil “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida” turkumidagi «Movarounnahr bеzakli qo‘lyozmalari Fransiya to‘plamlarida» kitob-albomida (XXIX jild) tanishishingiz mumkin.

Loyihaning bosh homiysi Eriell-Group neftservis kompaniyasi.