Qadimiy taqinchoqlarda qanday anʼanalar aks etgan?

Qadimiy taqinchoqlarda qanday anʼanalar aks etgan?

Rossiya davlat etnografiya muzeyi to‘plarida turli xil – bosh, bo‘yin, ko‘krak, quloqqa taqiladigan taqinchoqlarni ko‘rish mumkin.

Qadimiy taqinchoqlarda qanday anʼanalar aks etgan?

Ular o‘tmishda turli marosimlarda taqilgan va to‘y libosining bir qismi hisoblangan taqinchoqlarning alohida to‘plamlari haqida tasavvur hosil qilish imkonini beradi. Kelin bu taqinchoqlarni to farzandi tug‘ilgunga qadar taqib yurgan, keyinchalik qaysilaridir yechib qo‘yilgan, ammo baʼzilari to umrining oxirigacha taqib yurilgan. 

Ular orasida boshga taqiladigan turli mahalliy turdagi taqinchoqlar alohida o‘rin tutadi. Ular bosh kiyimga turli tomondan taqilib, bosh kiyimni dubulg‘a ko‘rinishiga keltirgan, uzoq o‘tmishda shunday vazifani bajarganligi haqiqatdan yiroq emas. 

Batafsil "O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida" loyihasi, 2- jild, “Rossiya davlat etnografiya muzeyi to‘plami" kitob-albomida o‘qishingiz mumkin.

Loyihaning bosh homiysi Eriell-Group neftservis kompaniyasi.