XIX–XX asrdagi O‘zbekistonning ikki turdagi musiqiy ansambllari haqida bilasizmi?

XIX–XX asrdagi O‘zbekistonning ikki turdagi musiqiy ansambllari haqida bilasizmi?

O‘zbekistonning musiqa asboblari torli, puflab chalinadigan va zarbli asboblarning bir necha turlarini o‘z ichiga oladi.

XIX–XX asrdagi O‘zbekistonning ikki turdagi musiqiy ansambllari haqida bilasizmi?

XIX asrning oxirlari – XX asrning boshlarida O‘zbekistonning shaharlarida ikki turdagi musiqiy ansambl mavjud bo‘lgan. Birinchi turi faqat puflab chalinadigan va zarbli musiqa asboblaridan iborat bo‘lgan bo‘lsa, ikkinchisi asosan torli asboblardan tashkil topgan bo‘lib, doira va bir necha puflab chalinadigan musiqa asboblari ularga jo‘r bo‘lgan. Ularning ijro sohalari ham turlicha bo‘lgan. Puflab chalinadigan va zarbli sozlardan iborat ansambl saroylarning ochiq maydonlarida chiqishlar qilgan, milliy tantanalar va harbiy tadbirlarda, qo‘g‘irchoq teatrlarining sahna ko‘rinishlari, masxaraboz va dorbozlarning chiqishlarida ishtirok etgan. Musiqachilarning ham xuddi hunarmandlar singari o‘z tartib-qoidalari bo‘lgan.

Musiqiy asboblar aksariyat tut, o‘rik va yong‘oq daraxtlaridan tayyorlangan. Ularda mis, bronza va jez ham qo‘llanilgan. Musiqiy soz torlarini yasashda ipak iplar, ot yoli, shuningdek, quritilgan qo‘y yoki echki ichagidan ham foydalanishgan. Musiqiy sozlarning bezaklariga alohida eʼtibor qilingan: ularga o‘yma naqshlar solinishi barobarida, turli yog‘och parchalaridan bezaklar tushirilgan.
         
O‘zbeklarning anʼanaviy milliy musiqiy asbobi dutor bo‘lib, undan qo‘shiqqa jo‘r bo‘luvchi soz sifatida foydalanilgan. Shuningdek, uch torli tanbur ham keng tarqalgan va u professional musiqachilarning asosiy cholg‘u asbobi hisoblangan.
      
Puflab chaladigan sozlarga qamishdan yasaluvchi qo‘shnayni misol qilish mumkin. U bir-biriga ip bilan bog‘langan ikkita bir xil naychadan iborat. Har bir naychaning yettitadan teshigi bo‘lgan. Qo‘shnay yakka holda va orkestr tarkibida chalinadigan soz turi hisoblanadi.
       
Zarbli sozlarga doira va nog‘ora kiradi. Childirma qo‘shiqqa jo‘r bo‘luvchi soz turidir. U qo‘g‘irchoq teatri va raqs namoyishida, xon qabulidan tortib oilada, kichik guruhlarda ishlatiladigan musiqiy asbob hisoblangan. Nog‘ora bir-biridan o‘lchami bilan farq qiladigan ikkita turdan iborat bo‘lgan. Katta nog‘ora kuchli ovoz berish uchun, kichigi esa baland ovoz berish uchun ishlatilgan. Bunday nog‘oralar juftligi musiqiy ansamblning bir qismi hisoblangan. Katta o‘lchamdagi nog‘oradan xon yoki amirning safardan kelayotgani yoki biror yoqqa ketayotganidan darak berish uchun qo‘llanilgan.
      
Naprstek nomidagi muzeyning musiqiy sozlardan iborat uncha katta bo‘lmagan to‘plamida Toshkentdan keltirilgan membranofonlar, xordofonlar va aerofonlar mavjud. Ularni xususan 1892 yilda sotib olingan nog‘ora va doira, XX asrning ikkinchi yarmida yasalgan tanbur, dutor, qo‘shnay kabilar tashkil etadi.

Mavzu doirasida batafsil “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida" turkumidagi "Chexiya Respublikasi to‘plamlari” kitob-albomida (XVI jild) tanishishingiz mumkin. 

Loyihaning bosh homiysi – Eriell-Group neft xizmatlari kompaniyasi.