
Erkaklar va ayollar kiyimlari umumiy asosga ega bo‘lgan – keng, yengsiz uzun bichimdagi ko‘ylak va ustki chopon (to‘n). Ular deyarli o‘zgarishsiz saqlangan, faqat matoni bezash usullari, kiyimning uzunligi va kengligi, taqiladigan unsurlar o‘zgargan.
Ayollarning ustki kiyimlarini bir qancha turdagi yengil liboslar (delegay, rumcha, mursak, kaltacha) va issiq, qavilgan paxtalik choponlar tashkil etgan. To‘piqqacha uzun libos, uzun yengli mursak yoki munisak eng ko‘p tarqalgan ayollar libos turidan biri. Unda yoqa, qulfak bo‘lmaydi, yeng ostidagi biqini (tirez) bir qancha chok bog‘ga biriktirilgan taxlam chuchaga yig‘iladi. XX asrning boshiga kelib mursak kiyim sifatida o‘z vazifasini yo‘qotdi va faqat dafn marosimlarida ishlatila boshladi.
Tugmalari qadalmaydigan uzun libos rumcha yengil bo‘lib, ular astarga tikilgan, belga biroz yopishgan; yenglari tor, bilaklarigacha qirqilgan yeng o‘rni bor. Ayollar liboslari bichimi erkaklar libosiga qaraganda biroz farq qilgan: yoqasi nisbatan keng va ochiq, yenglari kalta va erkin edi. Xorazm ayollar liboslari qiziqarli va rang-barang bo‘lib, qo‘l choki o‘rniga mashinada tikilgan nisbatan ingichka baxyalarning ishtiroki libosning qattiqligi va pishiqligini taʼminlagan.
Mavzu doirasida batafsil “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida" turkumidagi “O‘zbekiston tarixi Davlat Muzeyi to‘plami” (ikkinchi qism) kitob-albomida (XXVII jild) tanishishingiz mumkin.
Loyihaning bosh homiysi Eriell-Group neftservis kompaniyasi.