Istanbuldagi To'pqopi saroyida saqlanayotgan qo'lyozma

Ulug‘bekning Samarqanddagi ustaxona (kitobxona)sidagi ba’zi bezakli qo‘lyozmalar aynan o‘xshashlari birlashtirildi va tavsiflandi.

Istanbuldagi To'pqopi saroyida saqlanayotgan qo'lyozma

Eng avvalo, bular Frir galereyasida (Vashington) saqlanayotgan (1440–1447 yillar oralig‘i), Ulug‘bek va uning mulozimlari portreti tasvirlangan Nizomiy «Xamsa»sining birinchi sahifasi, shuningdek, Keyr kolleksiyasidagi o‘sha kitobning boshqa bir sahifasidir. Har ikki tasvir Samarqand musavvirlarining yuksak mahoratidan darak beradi. Istanbuldagi To‘pqopi saroyi kutubxonasida xuddi shu uslub va sifatdagi, 19 dona miniatyuradan iborat Nizomiy «Xamsa»sining yana bir qo‘lyozmasi saqlanadi. 

Mazkur qo‘lyozma 850/1446–1447 yilda yozilgan bo‘lib, uning tavsifiga muvofiq (318 a va 1 a sah.), kitob xattot Ali ibn Iskandar alKuhistoniy tomonidan chiroyli nasta’liq xatida Xoja Yusufshoh ibn al-marhum Amir Miran at-Tabriziy ismli bir mulozim uchun ko‘chirilgan. Aynan shu matnda musavvir – Sulton Ali al-Bavardiy nomi qayd etilgan. Ehtimol, musavvir Hirotda tahsil olgan, ammo fors manbalarda u haqda ma’lumotlar uchramaydi.

Mavzu doirasida batafsil “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida” turkumidagi «Movarounnahr bеzakli qo‘lyozmalari Fransiya to‘plamlarida» kitob-albomida (XXIX jild) tanishishingiz mumkin.

Loyihaning bosh homiysi Eriell-Group neftservis kompaniyasi.