Kushonlar davlatining manbai. «Geray» tangalari

Kushonlar davlatining manbai. «Geray» tangalari

Kushonlar davlati shakllanishining ilk davrlarini tasavvur qilishda «Geray» tangalarining nihoyatda muhim ahamiyatga ega ekanligi hammaga ma’lum.

Kushonlar davlatining manbai. «Geray» tangalari

Ularga turli avlod olimlari (A. Kanningem, P. Gardner, J. Battail, R. Girshman, L. N. Zograf,S. P. Tolstov, Ye. A. Davidovich, Ye. V. Zeymal, J. Kribb) tomonidan katta qiziqish bildirilgani bejizga emas. Shu bilan birga, ushbu hukmdor tetradraxmalari bitiklaridagi to‘rtta so‘zdan iborat jumlani o‘qish va tarjima qilish, shuningdek, ularning tarixiy talqin qilinishi hanuzgacha munozarali bo‘lib qolmoqda.

Eslatib o‘tamiz, fanga «Geray» (ba’zan «Sanab») nomi bilan kirgan yuyechji hukmdorining tangalari – bitigida «kushon» so‘zi qayd etilgani bilan mashhur bo‘lganilk tangalar – yuyechji davlatida Kushon ismli shaxs asos solgan kushonlar sulolasi vujudga kelganligi haqida ma’lumot beruvchi eng qadimgi manbalardan sanaladi.

Ikki turdagi kumush tanga: tetradraxmalar va obollar. Tetradraxmalardagi tasvirlar: diadema kiygan hukmdorning o‘ng tomonidan portreti / parvozga ko‘tarilgan Nika tomonidan toj kiydirilayotgan otliq suvoriy. Obollarda: old t. – o‘sha qiyofa; orqa t. – tik turgan «iloh» tasviri. Tetradraxmalardagi bitik to‘rtta so‘zdan iborat, obollarda yunon yozuvida ikkita so‘z yozilgan.

Tetradraxmalardagi matnlarni o‘qishning bir qancha talqinlari mavjud, ammo ko‘pchilik olimlar bir talqinda to‘xtalishgan: ΤΥΡΑΝΝΟΥΝΤΟΣ ΗΙΑΟY ΚΟΡΡΑΝΟΥ ΣΑΝΑΒ (bitik bir qator imloviy yozilish talqinlariga ega, ba’zan xatoliklar va yanglishmovchiliklar bilan) jumlalari bir vaqtning o‘zida ular tomonidan turli xil tarjima qilinadi va talqin etiladi, masalan: «Hukmdor Geray Sanab kushonlik» yoki «Hukmronlik qiluvchi (=yabg‘u) ΗΙΑΟY kushon Sanab» yoki «Hokimlik qiluvchi ΗΙΑΟY Kushon. Sanab».

Ushbu tangalarning manzili va sanasi bilan bog‘liq fikrlar ham turlicha, tangalarning so‘nggi topilgan nusxalari ular bir-biriga aynan o‘xshash bo‘lmaganini ko‘rsatadi.

Misol uchun, orqa tomonida parvozdagi Nikaning tasviri bo‘lmagan, hukmdorlarning portretlari esa sezilarli darajada boshqa nusxalardagidan farq qilgan tangalar ham topilgan. Va nihoyat, bugungi kunga kelib, bitigi yuqorida keltirilgan tanganikidan butunlay farq qiladigan tetradraxmalar ham topildi. Shunday qilib, V. A. Livshisning so‘zlariga ko‘ra, ΣANABAP yoki uning yunoncha genetivi ΣΑΝΑΒΟΥ23 so‘zining qisqartma shakli bo‘lgan eroncha ΣANAB so‘zi o‘rniga, ehtimol, yunoncha qaratqich kelishigida kelgan ANTEIXΟΥ so‘zidan qisqartib olingan ANTEIX so‘zi kiritilgan.

Bugungi kunda ANTEIX so‘zi bilan zarb qilingan to‘rtta tetradraxma mavjud: ulardan ikkitasi haqida J. Kribb  tomonidan sharh berilgan va ikkitasi haqida E.Rtveladze maqola e’lon qilgan. Maqolada yunoncha ANTEIX so‘zi ΣΑΝΑΒ so‘zining bostirib olingan nusxasi ekanligini va ikkalasi ham ushbu tangalarni zarb qildirgan hukmdorning «dushmanni aks ettiruvchi» degan ma’noni beruvchi sifatlovi ekani taxmin qilingan. Xuddi Yunon-Baqtriya shohlari tangalaridagi sifatlovchi ta’riflar: ΔΙΚΑIΟΥ – «adolatli», ΤΕΟΥ – «ilohiy», ANIKITOY – «zafarli» va boshqalar kabi.

Bu haqda batafsil ma’lumotni “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida” turkumidagi “Kushon podsholigi: sulolalar, davlat, xalq, til, yozuv va dinlar” (36-jild) kitob-albomidan olishingiz mumkin.

Loyiha bosh homiysi – Eriell-Group neft xizmatlari kompaniyasi.