КУШОН ПОДШОЛИГИ: СУЛОЛАЛАР, ДАВЛАТ, ХАЛҚ, ТИЛ, ЁЗУВ, ДИНЛАР
Tavsif
“Kushon podsholigi: sulolalar, davlat, xalq, til, yozuv, dinlar” kitob-albomi o‘zining ahamiyatiga ko‘ra Rim imperiyasidan va Xan imperiyasidan kam bo‘lmagan qadimgi dunyoning eng yirik davlatlaridan birining tarixi va madaniyatiga bag‘ishlangan. I-III asrlarda Markaziy Osiyo, Afg‘oniston va Shimoliy Hindiston hududida ulkan podsholik hukmronligi haqidagi faktlar tarixchilar tomonidan XIX asrga kelibgina anglab yetildi. Guyshuana (hozirgi Bekobod, O‘zbekiston) atrofida ko‘chmanchilik bilan hayot kechirib kelgan Kujula Kadfiz Kushonlar imperiyasining asoschisi bo‘lgan. Jildda asosiy eʼtibor O‘zbekiston janubida (Surxondaryo viloyati) shakllangan Kushonlar tarixi va madaniyatiga qaratilgan bo‘lib, bu yerda Ayritom, Dalvarzintepa, Kampirtepa, Eski Termiz (Qoratepa, Fayoztepa), Xolchayon kabi kushonlar davrining ajoyib yodgorliklari saqlanib qolgan. Shu bilan bog‘liq tarzda illyustrativ qismda respublikamizdagi kolleksiyalar – O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Sanʼatshunoslik instituti, O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi, O‘zbekiston davlat sanʼat muzeyi fondlarida saqlanayotgan kushon sanʼatining durdonalari taqdim etilgan. Ular orasida devorga yopishtirib ishlangan noyob haykallar, devoriy rasmlar fragmentlari, idish-tovoqlar va boshqa artefaktlar bor. Kushonlar podsholigi hukm surganining asosiy dalili ehtimol kushonlarning original numizmatikasi bo‘lishi mumkin. Hukmdorlar va maʼbudlarning juda kichkina va go‘zal tasvirlari, ikki tilli yozilgan matnlar Kushon davlati hukmdorlari yuksak estetik meʼyorlarga rioya qilganliklaridan dalolat beradi. Mazkur jildda ushbu tangalarning tasvirlarini, shuningdek, bezaklar va haykallarni ko‘rish ham mumkin. Shuningdek, mashhur Dalvarzin xazinasining tilla buyumlari ham taqdim etilgan.