
Xiva xonligining oxirgi kuniga qadar tangalarni qo‘lda zarb qilishda asosiy mehnat quroli tanga tamg‘asi hisoblangan. Bu bo‘lajak tanganing ko‘rinishini aniqlab beruvchi eng muhim vosita edi.
Tamg‘alarni tayyorlash bilan zarbxonada xizmat qiluvchi muhrkanlar shug‘ullangan. Bo‘lajak tanga uchun tasvirning tasdiqlangan xomaki nusxasi va matnini olgan ustalar zarb qilish asbobini tayyorlashga kirishganlar. Ikkita po‘lat tayoqcha tamg‘a uchun xomaki nusxa vazifasini o‘tagan. Tamg‘aning pastki qismi harakatsiz mustahkamlangan. Unga oldindan tayyorlangan tangali doiracha joylangan. Tanganing teskari tomonidagi rasmli tepa qismi o‘sha doirachaga tepadan qo‘yilgan va qisqich bilan tutib turilgan. Tanga doirachasi dagi muhrning yuqori qismiga bolg‘a bilan qattiq zarba berilgach, uning har ikki – old va orqa tomoniga qavariq tasvir zarb qilingan.
Oxirgi bosqichda zanglashdan himoyalash maqsadida, tangalar yog‘och moyi bilan qoplangan. Muayyan tanga yetarli miqdorda zarb qilingach, tamg‘a yo‘qotilgan. Bu undan qalbaki nusxalarni yasashda foydalanmasliklari uchun qilingan. Tamg‘alar uzoqroq xizmat qilishi uchun shogirdlar bo‘lajak tangani olovda qizdirib, qisqich bilan tamg‘aning pastki qismiga tutishgan. Usta uning yuqori qismi qizdirilgan doirachaga qo‘yib, bolg‘a bilan urib, tanga zarb qilgan.
Har bir tangani tamg‘alash uchun zarur bo‘lgan metall alohida tortilmagani bois, har birining og‘irligi arzimas darajada farq qilgan. Shu bilan birga, umumiy xomashyo sarfini va tayyorlangan tangalar sonini osongina, aniq nazorat qilish mumkin edi.
Batafsil "O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida" loyihasi, 47- jild, “Ichan-Qalʼa” davlat muzey-qo‘riqxonasi to‘plami» kitob-albomi o‘qishingiz mumkin.
Loyiha bosh homiysi – Eriell Group neft xizmatlari kompaniyasi.