“Luvr”dagi Buxoro miniatyuralari...

“Luvr”dagi Buxoro miniatyuralari...

Fransiya Milliy kutubxonasi va Luvr muzeyi Fransiyaning Movarounnahrdagi miniatyuralar to'plamining muhim qismini saqlaydi.

“Luvr”dagi Buxoro miniatyuralari...

Ko'pgina mashhur fransuz kolleksionerlari o'zlarining qimmatbaho buyumlarini ushbu muzeylarga hadya qilib, o'zlarining kolleksiyalarini boyitdilar. Ulardan biri Gaston Mijondir.  Mijon Luvr muzeyi kutubxonachi bo‘lib faoliyat ko‘rsatgan. Keyinchalik xazinaboni, shuningdek, Islom san'ati kolleksiyachisi bo‘lgan. U 1894 yildan to vafot etguniga qadar bo‘lgan davrda o‘z to‘plamlaridagi ko‘plab buyumlarni muzeylarga taqdim etgan.

Mijon o‘z davrining barcha taniqli mutaxassislari va savdogarlari bilan hamkorlik qilgan. Luvrda uning to‘plamlariga mansub 1545—1560 yillar Buxoro miniatyuralari va xattotlik albomi saqlanib qolgan. Ushbu albom 1948 yilda Parij tasviriy san'at muzeyiga topshirilgan. Mazkur albom ham Movarounnahr san'at asarlarining ajoyib namunasi hisoblanadi.

Mavzu doirasida batafsil “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida” turkumidagi «Movarounnahr bеzakli qo‘lyozmalari Fransiya to‘plamlarida» kitob-albomida (XXIX jild) tanishishingiz mumkin.

Loyihaning bosh homiysi Eriell-Group neftservis kompaniyasi.