Luvrdagi "Mutolaa qilayotgan yosh yigit"

Xorazm xattotlik maktabi namoyandalari

Hamdamiy XVI asrning birinchi yarmida yashagan.

Xorazm xattotlik maktabi namoyandalari

U nasta’liq xatida mahoratli kotib, iste’dodli shoir edi. U Hamdamiy Xorazm xoni Eshmuhammad sulton buyrug‘i bilan Firdavsiyning Shohnomasini 1554 yil nasta’liq x atida mohirona ko‘chirgan (inv. № 1811).

Mavlono ‘Abdurrahmon Xorazmiy 1455 – 1475 yillar orasida, Sulton Ya’qub davrida yetishgan xattotlardan. Uning ikki farzandi – Abdurrahim Anisiy va Abdukarim avvalgi xat ustozlarining uslubini o‘zgartirib, nasta’liqni boshqa suratga olib, shuhrat topganlar. 

Munis Xorazmiy 1778 yil Xiva yaqinida tavallud topgan. Yirik shoir, tarixchi, tarjimon ham husnixatda ustoz bo‘lib yetishgan (inv. №№ 821, 1330). 

Xudoybergan Muhrkan Xivaqiy Muhammad Fano o‘g‘li 1817 yil Xivaning Yangi qal’a Bobokarvonboshi mahallasida dunyoga kelgan. Nafaqat xattotlik bilan, balki muhr o‘yish san’atiga ham qiziqqan (inv. №№ 1135, 1154, 9319, 9578). 

Komil Xorazmiy XIX asrning ikkinchi yarmida Xivada davom etgan adabiy harakatda salmoqli o‘rin egallagan shoir, usta xattot va naqqosh edi (inv. № 1135).

Qadimiy qo‘lyozmalar haqida “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida” turkumidagi (XXV jild), “O‘zbekiston respublikasi Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti to‘plami” (beshinchi qism, “Miniatyura va xattotlik”)da batafsil ma’lumot olishingiz mumkin. 

Loyihaning bosh homiysi Eriell-Group neftservis kompaniyasi.