
DSM to‘plamida qo‘l hunarining ushbu turi kolleksiyaning eng katta qismini, ya’ni saqlanadigan buyumlarning 1500 ta birligini tashkil qiladi. O‘zbekiston shahar markazlarining yirik dekorativ kashtado‘zligi bir necha turlar bilan namoyish qilingan: so‘zana (devoriy panno, ko‘rpa), nimso‘zana (devoriy panno), ro‘yjo, joypo‘sh, yakandoz va choyshablar, takyapo‘sh (yostiq yopinchig‘i), oy-palak va gulko‘rpa (so‘zananing toshkentcha variantlari), sandalipo‘sh (sandal ustiga yopinchiq), zardevor, dorpech yoki kirpech (devorlarni bezatish uchun kashtalar), joynamoz, beshikpo‘sh (beshik yopinchig‘i) va boshqalar.
Bu haqda “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida” turkumidagi “O‘zbekiston Davlat san’at muzeyi to‘plami” (XIII jild) kitob-albomidan batafsil ma’lumot olishingiz mumkin.
Loyihaning bosh homiysi Eriell-Group neftservis kompaniyasi.
