Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasining tashkil topish tarixi

Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasining tashkil topish tarixi

Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasiga 1870 yilda Toshkent ommaviy kutubxonasi sifatida asos solingan.

Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasining tashkil topish tarixi

«Turkestanskiye vedomosti» gazetasida u ochilishidan oldin ikkita (1870 yil 28 apreldagi № 1 va o‘sha yilning 21 mayidagi № 2-sonida) eslatma berilgan. Ammo aniq ochilgan sanasi hech qayerda qayd etilmagan. КKutubxona fondini tashkil etishda Xalq maorifi ministrligi, Fanlar akademiyasi, Ommaviy kutubxona, Rus geografiya jamiyati va Rossiya bosh shtabi o‘z kitob omborlaridagi ikkinchi nusxa nashrlarni hadya qilish orqali ko‘maklashgan. 1870 yil maygacha bo‘lajak kutubxonaning negizini tashkil etuvchi (1200 nomdagi) 2200 dan ko‘proq jild yig‘ilgan.

Toshkent ommaviy kutubxonasi birinchi navbatda o‘lka va chegaradosh mamlakatlar bilan bog‘liq turli sohalarga oid bilimlar bo‘yicha adabiyotlarni to‘pladi va saqladi. Bu ishni amalga oshirish uchun rossiyalik bibliograf Vladimir Izmaylovich Mejov jalb qilindi. U ilmiy doiralarda keng tanilgan «Turkiston to‘plami»ning yaratilishiga asos qilib olingan Turkiston o‘lkasi haqidagi materiallarni yig‘di.

1883 yilda «Kuzatuv qo‘mitasi» tashkil qilindi. Uning tarkibiga turli yillar davomida N. A. Mayev, N. V. Dmitrovskiy, A. A. Semyonov, A. A. Divayev, N. G. Maliskiy va boshqa shu singari taniqli olimlar, pedagoglar, tarixchilar va etnograflar kirdi. Qo‘mita kutubxonaning rivojiga g‘oyat katta hissa qo‘shdi. Bu davrda kutubxona tarixida taniqli «Turkiston albomi» – O‘rta Osiyo madaniy yodgorliklari XIX asrda qanday ko‘rinishda bo‘lgani haqidagi ko‘rgazmali ma’lumotlarning eng boy manbalaridan biri ham yaratildi. Ushbu noyob fotoalbomni tuzish rossiyalik sharqshunos Aleksandr Lyudvigovich Kunga topshirildi.

1920 yilda kutubxonaga «davlat» maqomi berildi. Mana shu yildan boshlab u Turkiston o‘lkasida chop etiladigan barcha nashrlarning majburiy nusxasini ola boshladi. 1925 yilda kutubxona fondi 140 ming saqlash birligini tashkil etdi.

Mavzu doirasida batafsil “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida" turkumidagi “Alisher Navoiy nomidagi O'zbekiston milliy kutubxonasining qo'lyozma va kitob merosi” kitob-albomida (XLI jild) tanishishingiz mumkin. 

Loyihaning bosh homiysi – Eriell-Group neft xizmatlari kompaniyasi.