O'zbekiston Milliy kutubxonasi haqida nima bilasiz?

Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi O‘zbekiston Respublikasida milliy va jahon madaniyati, fani hamda ta’limining rivojlanish manfaatlari yo‘lida axborot-kutubxona faoliyatini tashkil etuvchi va amalga oshiruvchi davlat miqyosidagi universal axborot-kutubxona muassasasi hisoblanadi.

O'zbekiston Milliy kutubxonasi haqida nima bilasiz?

Milliy kutubxona fondi dunyoning 75 dan ortiq tilidagi 7 millionga yaqin nashrni o‘z ichiga oladi va qo‘lyozmalar, kitoblar, jurnallar, gazetalar, dissertatsiyalar, avtoreferatlar, nota-musiqa nashrlari, tasviriy san’at bo‘yicha adabiyotlar, audiovizual materiallar, elektron hujjatlardan iborat. Kutubxona zimmasiga mamlakatning eng to‘liq axborot-kutubxona fondini doimiy saqlashdek mas’uliyatli vazifa yuklangan.

Fondda kitoblar, yetakchi nashriyotlarning davriy nashrlari va ilmiy jurnallari, eLibrary.Ru (Rossiya), Springer Nature (Germaniya), EBSCO Publishing (AQSH), EBSCO Information Services GmbH (Germaniya), ProQuest (AQSH) va boshqa kompaniyalar singari ilmiy-texnik axborotlar agregatorlaridan an’anaviy ko‘rinishda ham, elektron ko‘rinishda ham obuna orqali olingan ilmiy-texnik mazmundagi adabiyotlar muhim o‘rin egallaydi.

Mavzu doirasida batafsil “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida" turkumidagi “Alisher Navoiy nomidagi O'zbekiston milliy kutubxonasining qo'lyozma va kitob merosi” kitob-albomida (XLI jild) tanishishingiz mumkin. 

Loyihaning bosh homiysi – Eriell-Group neft xizmatlari kompaniyasi.