XIX asr o'rtalari va XX asr boshlarida eng ko'p suratga olingan shaharlar

XIX asr o'rtalari va XX asr boshlarida eng ko'p suratga olingan shaharlar

Saqlanib qolgan tarixiy obidalarni fotosuratlarda qayd etish yuzasidan astasekin katta ishlar boshlandi.

XIX asr o'rtalari va XX asr boshlarida eng ko'p suratga olingan shaharlar

Ular O‘rta Osiyo shaharlarining tarixini, o‘tmish sahifalarini birma-bir ochib berardi. Oldingi tinch zamonlarda mohir hunarmandlar o‘z ishlari bilan band bo‘lgan; buyuk me’morlar o‘z davri hukmdorlari va madaniyati sharafiga qurgan muhtasham imoratlar necha asrlar o‘tib, XIX  asr oxiri va XX  asr boshida ham mag‘rur qad rostlab, shaharlarning ajralmas qismiga aylanib, ko‘rkiga ko‘rk qo‘shib, o‘ziga xos betakror go‘zallik baxsh etib turardi.

Shaharlar, me’moriy obidalar ko‘rinishi XIX asr oxiri – XX asr boshida eng ko‘p va xo‘p fototasvirga olingan holatlar edi. Ularning aksariyati Xiva, Samarqand, Buxoro, Qo‘qon kabi yirik va poytaxt shaharlar ramzini aks ettiradigan tarixiy obidalarga qaratilgan edi. 

Masalan, Ichanqal’a, ichida tiklangan saroylar, masjidu madhisoblanadi. Sohibqiron buyrug‘iga binoan (XIV asr oxiri — XV asr boshi) bunyod etilgan Oqsaroy – Buyuk Temurning ona shahri Shahrisabz ramzidir.  
 

XIX asr o'rtalari va XX asr boshlarida eng ko'p suratga olingan shaharlar

Buxoroning markaziy maydonida ulug‘vor qiyofada qad rostlagan, amirlar hukm yurituvchi saroylari bilan mashhur qadimiy ark  qal’asi – uni zabt etib bo‘lmasligidan darak berguvchi ramzdir. O‘rda  – Qo‘qon xoni Xudoyorxon davrining (1829–1886 yillar) me’moriy ramziga aylandi. Holbuki, u 1871 yili bunyod etilgan edi.

Mavzu doirasida batafsil “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida "O‘zbekiston Rossiya arxivlari to'plamlarida saqlanayotgan XIX asr va XX asr boshlariga oid tarixiy fotosuratlarda turkumidagi“ (37 jild) tanishishingiz mumkin.

Loyihaning bosh homiysi Eriell-Group neftservis kompaniyasi.