
Ular Buyuk ipak yo‘li yo‘nalishida savdo va hunarmandchilik markazlari, bosqinchilarga qarshi kurashlarda gullab-yashnayotgan vohaning mustahkam qo‘rg‘onlari sifatida vujudga keldi va rivojlandi. Asrlar davomida bu shaharlar necha-necha bor bosqinchilar tomonidan vayron etildi, keyin yana asrlar silsilasida qaytadan qad rostladi.
Qadimiy Samarqandning – miloddan avvalgi VI asrdan beri mavjud bo‘lgan va 1220 yilda mo‘g‘ullar bosqini tufayli yo‘q qilingan Afrosiyob shahri hududida 1885 yil N.I. Veselovskiy boshlagan qazilma izlanishlarini 1904 yilda V.V. Bartold davom ettirdi. Tinib-tinchimas o‘lkashunos, qadimshunos V.L. Vyatkin sa’y-harakatlari bois o‘rta asrlardagi eng mashhur, 1420 yilda buyuk Amir Temurning nabirasi – Movarounnahr sultoni, matematik va astronom olim – Mirzo Ulug‘bek tomonidan bunyod etilgan rasadxona qoldiqlari joylashgan manzil topildi. Ulug‘bekning fojiali o‘limidan so‘ng rasadxona qarovsiz qolgan, XVI asr boshida esa buzib tashlangandi.
Mavzu doirasida batafsil “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida "O‘zbekiston Rossiya arxivlari to'plamlarida saqlanayotgan XIX asr va XX asr boshlariga oid tarixiy fotosuratlarda turkumidagi“ (37 jild) tanishishingiz mumkin.
Loyihaning bosh homiysi Eriell-Group neftservis kompaniyasi.
