Arab yozuvi tasviriy san’atning bir turi sifatida

Arab yozuvi tasviriy san’atning bir turi sifatida

Sharq xalqlarining uzoq asrlik tarixida yaratib qoldirilgan madaniy merosida kitobat san’ati alohida o‘rin tutadi.

Arab yozuvi tasviriy san’atning bir turi sifatida

Arab istilosidan so‘ng Markaziy Osiyo xalqlari madaniyatiga arab yozuvi ham kirib keldi va asta-sekin mahalliy xalqlar yozuvlarini (qadimiy sug‘d, xorazmiy va uyg‘ur yozuvlarini) siqib chiqardi.

Arab yozuvi uzoq asrlar davomida ma’naviy-madaniyat taraqqiyoti uchun xizmat qilgan hamda ilm ma’rifat va madaniy yodgorliklar bizning davrimizgacha yetib kelishida asosiy vositalardan biri bo‘lib kelgan. Arabiy yozuvning grafika asoslari bir xil bo‘lishiga qaramay, harflar shakl jihatidan turli uslublarda taraqqiy etgan. Arab yozuvi nafaqat ko‘p xalqlarning yozuvi bo‘lib xizmat qildi, shu bilan bir qatorda yuksak estetik zavq beruvchi san’atga ham aylandi. Bu san’at qadim zamonlardan beri husnixat (kalligrafiya) nomi bilan keng shuhrat qozondi.

Qadimiy qo‘lyozmalar haqida “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida” turkumidagi (XXV jild), “O‘zbekiston respublikasi Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti to‘plami” (beshinchi qism, “Miniatyura va xattotlik”)da batafsil ma’lumot olishingiz mumkin. 

Loyihaning bosh homiysi Eriell-Group neftservis kompaniyasi.