Zamon.uz: Ўзбекистон — Туркия олимлари платформаси яратилади

Kushon zodagonlari va budda haykallari

Kushon shohligining zodagonlar va savdogarlar qatlami Gandxara ibodatxonalarini to‘ldirib turgan ko‘p sonli Budda haykallarini yasashga buyurtma berishgan.

Kushon zodagonlari va budda haykallari

O‘z qarashlaridan ilgarilab ketgan odam shaklidagi Budda aks etgan birinchi haykallar Gandxarada yoki Hindistonning Matxurasida yasalgan, deb hisoblanadi. Ikkala hudud ham Kushonlar tasarrufida bo‘lgan. Oxirgi vaqtda gandxar tilida topilgan manbalar shundan dalolat beradiki, buddizm ta’limotini targ‘ib qiluvchi Maxayana harakati Kushonlar podsholigi davrida Gandxarada shakllangan va shu yerdan boshqa hududlarga tarqalgan.

Gandxarada paydo bo‘lgan budda ta’limoti haqida ham shunday deyish mumkin va ular Osiyoning turli mintaqalariga Kushonlar sulolasining qo‘llab-quvvatlashi tufayli barq urib rivojlangan savdo yo‘llari orqali tarqalgan. O‘zbekiston hududida ham gandxara uslubida ishlangan haykallari bo‘lgan budda ibodatxonalari topilgan.

Fikrimizning yaqqol isboti sifatida Fayoztepada topilgan Budda haykalini keltirish mumkin. Biroq gandxara san’ati O‘rta Osiyoda tayyor holatda qabul qilingan, deb bo‘lmaydi. Misol uchun, Qoratepaga o‘xshash muhim budda ibodatxona monastiri majmuida asosi o‘zida samgxarma va portret ko‘rinishlarini mujassam etgan g‘orga va yerga oid o‘zining budda madaniyati shakllangan. Ushbu misol budda madaniyati O‘rta Osiyo mintaqasida qorishiq xarakterda ekanini ko‘rsatadi.

Mavzu doirasida batafsil “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida" turkumidagi “Markaziy Osiyo madaniy merosi Yaponiya muzeylarida” kitob-albomida (XX jild) tanishishingiz mumkin.

Loyihaning bosh homiysi Eriell-Group neftservis kompaniyasi.