
Sharq muzeyining maxsus to‘plamidagi kattakon kosa tutgan qiz miniatyurasi bunga misol bo‘la oladi. Qizning kiyimi va atrofidagi manzaralar sharq she’riyati motivlari bilan to‘lib-toshgan: bahorda gullagan daraxtlar orasida kosa tutgan yigit-qizlar, sevishganlar, taom va ko‘za ushlab turgan xizmatkorlar, she’r o‘qiyotgan lirik qahramon, shuningdek, hayvonlar va qushlar tasvirlangan. Illyustratsiyaning chiziqlari silliq, tanalar va tana qismlarining chizmalari aniq va ravshan; miniatyura maxsus musiqiy tusda yaratilgan. Ba’zi olimlar ushbu asarning bosh qahramoni – Muhammad Sharif tomonidan chizilgan «o‘qiyotgan yoshlar» miniatyurasi (Parij, Luvr)ning jufti, bo‘sh joylaridagi tasvirlar esa Muhammad Murod tomonidan yaratilgan degan xulosaga kelishgan.
Har ikkala miniatyura ham juda chiroyli, ammo rasm uslubi «Shohnoma»dagidan farq qiladi. Ularda dinamika va asabiy zo‘riqish sezilmaydi, bu «Shohnoma»ning Xiva nusxasida ham yaqqol seziladi. Buni qanday tushuntirish mumkin? Rassom o‘z uslubini o‘zgartirganmi yoki bu muallif Muhammad Murod ismli boshqa samarqandlik ijodkormi (bu ism Sharqda juda keng tarqalgan), bu savollar ochiq qolmoqda.
Institut kolleksiyasida Muhammad Murod imzosi tushirilgan boshqa bir miniatyura ham uchraydi (inv. № M-30). Unda XVII asrdagi hind saroyiga xos usulda kiyingan yigit tasvirini ko‘ramiz. Bu tasvir Rotshild kolleksiyasidagi 1610 yilga mansub, lochin tutgan zodagon tasviriga juda o‘xshab ketadi. Mazkur miniatyura ostida «Podshohi Turkiston» degan tagso‘z bitilgan. Muhammad Murod bu yerda hindiy chizgilarga ega real shaxsni Hindiston emas, balki Markaziy OsiyoEron uslubiga xos peyzaj fonida tasvirlaydi.
Qadimiy qo‘lyozmalar haqida “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida” turkumidagi (XXV jild), “O‘zbekiston respublikasi Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti to‘plami” (beshinchi qism, “Miniatyura va xattotlik”)da batafsil ma’lumot olishingiz mumkin.
Loyihaning bosh homiysi Eriell-Group neftservis kompaniyasi.