
Orqa tomonida «yolg‘on yenglar» tushib turgan. Bu ko‘proq shaharliklar kiyimi bo‘lib, turli uslub va turfa uzunlikda tikilgan. Ikat paranji juda kam uchraydi. Quyidagi namuna abr ipakdan tayyorlangan, astari Rossiyadan keltirilgan ip gazlamadan. Mashinada tikilgan murakkab kashta bezagi bor. Yoqa va yolg‘on yenglari qora jun popukchalar va jun kashta (gochak) bilan bezatilgan.
Ushbu namuna XX asrning yigirmanchi yillariga xosdir. Germaniyadagi Saksoniya Davlat etnografiya to‘plamlari muzeyida uchratishingiz mumkin. Hozirda bor o‘zbek to‘plamining katta qismi leypsiglik rassom Gerd Tilemann tomonidan yig‘ilgan.
Mavzu doirasida batafsil “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida" turkumidagi “Germaniya Federativ Respublikasi to‘plamlari” kitob-albomida (XI jild) tanishishingiz mumkin.
Loyihaning bosh homiysi – Eriell-Group neft xizmatlari kompaniyasi.
