Maqomat - umumislom sivilizatsiyasi san’ati

Amir Temur davrida Samarqand, Buxoro va boshqa shaharlarda, turkiy va forsiy musiqa an’analarining o‘zaro ta’siri va sintezi badiiy-nafislik asoslari shakllana borgan, xususan, musiqachilik, maqomotda ularning o‘zaro uyg‘unlashuvi yaqqol ko‘zga tashlanadi.

Maqomat - umumislom sivilizatsiyasi san’ati

Bu esa tasodifiy emas edi. XIII asr o‘rtalarida maqomot umumislom tamaddunining turli an’analarini o‘zida jamlagan san’at turiga aylangan. Umumislom maqomotining umumiy nazariyasi va qonunlarini ishlab chiqish zarurati yuzasidan maxsus musiqa fani (ilmi musiqa, ilmi advor) shakllangan. Bu fan temuriylar davrida Hirotda yuqori darajada rivojlangan. 

Uning rivojiga mashhur cholg‘uchi, nazariyachi, shoir va hofizi Qur’on, Amir Temur saroyi musiqachilari boshlig‘i Xoja Abdulqodir Marog‘iy (1435 yilda Hirotda vafot etgan) beqiyos hissa qo‘shgan.

Mavzu doirasida batafsil “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida" turkumidagi "O‘zbekiston musiqiy merosi Rossiya Federatsiyasi to‘plamlarida" kitob-albomida (VI jild) tanishishingiz mumkin.

Loyiha bosh homiysi – Eriell-Group neft xizmatlari kompaniyasi.