O‘zbek sopol idishi haqida

QANDAY QILIB BUTUNJAHON JAMIYATIGA DO‘ST BO‘LISH MUMKIN?

O‘zbek sopol idishi haqida

Kulolchilikning O‘zbekistondagi eng ko‘hna va mashhur markazlaridan biri Farg‘ona vodiysidagi shahar, sopol buyumlar tayyorlash kamida IX asrda boshlangan Rishton hisoblanadi.

O‘zbek sopol idishi haqida

Mahalliy idishlar ko‘proq oq-zangori bo‘yoqlar uyg‘unligidagi naqshlarning qo‘lda mo‘yqalam vositasida solinishi bilan shuhrat qozongan.
       
O‘zbek sopol idishi shaklan ikki turga bo‘linadi – yassi (laganlar, kosalar, piyolalar) va cho‘ziq (ko‘zalar, xumlar). Ilgari zamonlarda kosachilar yassi shakl idishlarini, ko‘zachilar esa cho‘ziq shakllilarini yasashlari bilan bog‘liq qatʼiy mehnat taqsimoti mavjud bo‘lgan.
        
Rishton idishlarining shakli xilma-xildir. Kichik va katta laganlar, sut va boshqa oziq-ovqat mahsulotlari uchun kosalar, meva uchun kosa, suv uchun ko‘za, yog‘ va don-dun uchun xumlar shular jumlasidandir. O‘tmishda bo‘lgani kabi bugun ham ustalar sirlashda o‘simlikdan tayyorlangan ishqordan foydalanadilar. Bezak mavzulari son-sanoqsizdir, masalan, gulli aylanalar va barglar o‘xshatmasi, bodom, anor, tok novdalari, paxta chanog‘i shakllari va boshqalar. Ko‘pincha anʼanaviy naqshlar yangicha talqin olgan holda anʼanaviylik va yangilik aro davomiylikka xizmat qiladi. So‘nggi yillarda ayrim ustalar laganlarni arabcha xattotlik yozuvlari bilan yasatish, bezaklarda minoralar, masjidlar va madrasalar lavhalaridan iborat meʼmoriy unsurlarni aks ettirishga ham qo‘l urmoqdalar. Ularni Germaniyadagi Saksoniya Davlat etnografiya to‘plamlari muzeyida ko‘rishingiz mumkin.
       
Farg‘ona vodiysida sopol buyumlar ishlab chiqarish bo‘yicha eʼtirofga sazovor yana bir markaz G‘urumsaroydir. Buyumlar bezagi nisbatan eskicha va shu bilan birga, tabiiy jo‘nlik kasb etgan mahobatli afsonaviy mazmunga egadir. Bezatishda ko‘zalar, parzoqgul, shuningdek, uchi keng salibsimon mavzular va ko‘pqirrali yulduz ko‘rinishidagi tasvirlar ustunlik qiladi. Kundalik ishlatiladigan o‘rtacha chuqurlikdagi laganlar (diametri yarim metrgacha) va kichik laganlar, qo‘shquloqli idishlar ham ko‘p uchraydi.

Mavzu doirasida batafsil “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida" turkumidagi “Germaniya Federativ Respublikasi to‘plamlari” kitob-albomida (XI jild) tanishishingiz mumkin. 

Loyihaning bosh homiysi – Eriell-Group neft xizmatlari kompaniyasi.