Loy o‘yinchoqlari bo‘yicha tan olingan usta

QANDAY QILIB BUTUNJAHON JAMIYATIGA DO‘ST BO‘LISH MUMKIN?

Loy o‘yinchoqlari bo‘yicha tan olingan usta

Germaniyadagi Saksoniya Davlat etnografiya to‘plamlari (SES) 2004 yili Leypsig, Drezden va Xernxutdagi uchta etnologiya muzeyining ko‘rgazmalaridan yig‘ilgan.

Loy o‘yinchoqlari bo‘yicha tan olingan usta

Uch muzeyning hammasi ashyolar yig‘ish bo‘yicha o‘z anʼanasiga ega bo‘lib, bu ularning tarixiga ham mutanosib keladi. Leypsigda diqqat markazida kulolchilik tursa, Drezdenda to‘qimachilik shunday ahamiyatga ega. Xernxutga kelsak, uning kichkina to‘plamida O‘zbekistonga oid ashyolardan bir nechta bor, xolos. 

Hozirda bor o‘zbek to‘plamining katta qismi leypsiglik rassom Gerd Tilemann tomonidan yig‘ilgan. Gerd Tilemann bir qancha terrakota qiyofalarni sovg‘a o‘rnida ustalarning o‘zidan olgan.

Surxondaryodagi Denov shahrida tirnama naqshli sir buyumlarni yasashda azaldan yashil va sarg‘ish qizil bo‘yoqlardan foydalaniladi. Baʼzan idishlar yuzasida arabiy, turkiy yoki forsiy yozuvlar uchrab turadi. G‘ijduvonda kulollar anʼanaviy ravishda yorqin sarg‘ish qizil tilla sir ostiga boy gulli naqsh solingan, murakkab zangori qadamalari bo‘lgan yoki go‘yo yoyilib borayotgandek sirlangan lagan, kosa va piyolalar tayyorlab keladi. Hayvon yoki qush tanasining bir qismi, masalan burgut dumi, ilon izi va boyo‘g‘lini o‘zida aks ettirgan hayvonsimon naqshlar ham uchrab turadi. Mahalliy shakllarning eng ajoyiblaridan biri tubi yuqoriga cho‘zilgan tovoq-o‘yinchoqdir. Shu tarzda paydo bo‘lgan bo‘shliqda loy soqqa bor bo‘lib, u tovoqni “o‘yinchoq”qa aylantiradi. Bolalarga ovqatni shunday tovoqda tortadilar va uni yeb bo‘lgach, maza qilib bo‘sh tovoqni taqillatadilar.

O‘ba kulolchilikning yana bir anʼanaviy markazlaridan bo‘lib, mazkur qishloq ustalarini O‘zbekistondan olisda ham yaxshi biladilar. Ulardan biri – Hamro Rahimova (1896 – 1979) loy o‘yinchoqlari bo‘yicha tan olingan usta hisoblanadi. U oq loydan yasagan hayvon qiyofalari haqiqiy sehrli olamning o‘zginasidir. O‘zining aql bovar etmas ijod namunalarini ikki tovuq patini bog‘lab birlashtirgan qalam va qo‘lbola bo‘yoq yordamida qizil va zangori nuqtalar bilan bezagan.

Qomati turg‘un bo‘lsa-da, o‘yinchoqlar jonlidek tuyuladi. Usta yasagan ot, xo‘tik, arslon, qo‘y va fillar o‘zlarida O‘zbekistonda mingyillar davomida rivojlanib kelgan anʼanaviy sanʼat turini gavdalantiradi.

Mavzu doirasida batafsil “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida" turkumidagi “Germaniya Federativ Respublikasi to‘plamlari” kitob-albomida (XI jild) tanishishingiz mumkin. 

Loyihaning bosh homiysi – Eriell-Group neft xizmatlari kompaniyasi.