Amir Temur xilxonasi ravoqlarida qanday duolar yozilgan?

QANDAY QILIB BUTUNJAHON JAMIYATIGA DO‘ST BO‘LISH MUMKIN?

Amir Temur xilxonasi ravoqlarida qanday duolar yozilgan?

Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz shahridagi noyob meʼmoriy inshoot – Amir Temur o‘zi uchun tayyorlatgan daxma markazidagi toshtobut hali Amir Temur tirikligidayoq barpo etilganini nazarda tutadigan bo‘lsak, unda, har holda Sohibqiron ularning maʼno-mazmuni va tarkibi haqida xabardor etilgan, ularning matnlarini o‘zi tasdiqlab bergani ham ehtimoldan yiroq emas.

Toshtobut ravoqlarida esa odatda marhumlar ruhiga bag‘ishlab o‘qiladigan duolar bitilgan.

Matn yirik-yirik harflar bilan yozilgan, suls xatidagi bitikda zer-zabarlar qo‘yilgan. Asliyatdagi yo‘qolgan ayrim joylar uch nuqtalar bilan almashtirildi. Quyida xilxona ravog‘ida yozilgan duolar o‘ng (sharqiy) ravoqdan boshlangan va chap (g‘arbiy) ravoqda yakunlangan holatida keltirildi:

“Ey Allohim, meni, [ota-onamni], barcha moʻmin va moʻminalarni, musulmon erkak va musulmon ayollarni, ularning tiriklari va vafot etganlarning gunohlarini kechirgin! Bizlar va ular orasida yaxshiliklarni ergashtirgin. Albatta, Sen duolarni ijobat qiluvchi, barakalar yog‘diruvchi, hojatlarni ravo etuvchi, yomonliklarni daf etuvchi zotsan va yaxshiliklar egasisan! Barcha yaxshilik Sening ixtiyoringda. Albatta, Sen barcha ishlarga qodir zotsan!”

“Ey abadiy [Alloh]! Ey ko‘rinmas lutfu marhamatni yashiruvchi! Bizlarga o‘zingning yashirin lutfu marhamatingni bildirgin! Ey Alloh, Sen man etgan narsani beruvchi yo‘q. Sen ato etganingni qaytaruvchi yo‘q. Boylik sohibiga Sendan uzoqlashgani foyda bermaydi. Ey Allohim, ... [bizlarga]... do‘zax [azobidan saqla] va bizlarga [jannatda] diydoringni nasib qil... [bizlarga] tinchlik [ber], Azizliging va Qudrating haqqi-hurmati.”

“[Ey Allohim] ... payg‘ambarlarga va batholik1 yozuv-chizuvni bilmaydigan payg‘ambarga [salavot yo‘lla].
Ey Allohim, ey barcha qiyinchiliklarni Yengillashtiruvchi zot! Ey qalbi siniq bechoralarga Kuch-quvvat beruvchi zot! Barcha qiyinchiliklarni yengillashtirish Sen uchun osondir! Ey Allohim, ey yordam so‘raguvchilarning Egasi, ey zarar va balolarni ketkazuvchi ... o‘liklarni tiriltiruvchi, tiriklarni (Qiyomat kuni) bir yerda jamlovchi, u o‘liklarni tiriltiruvchi!”

“...talablar faqat Sendan! Ey bandalarga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatuvchi! Bizlarni gunohlari kechirilgan va rahm qilinganlar qatoridan qilgin! Sening sevgan bandalaring, ularga neʼmat berilgan bandalar – payg‘ambarlar, siddiqlar, shahidlar va solih bandalaring bilan birga bizlarni noz-neʼmatli jannatlaringga kirgizgin! Payg‘ambaring, rahmat va shafoat payg‘ambari [Muhammad] shafoatiga bizlarni hissador qilgin...”

Mavzu doirasida batafsil “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida" loyihasining “O‘zbekiston obidalaridagi bitiklar” nashri ostida chop etilgan Qashqadaryo viloyatiga bag‘ishlangan kitob-albomida tanishishingiz mumkin.

Amir Temur xilxonasi ravoqlarida qanday duolar yozilgan?