Arablar Movarounnahrni bosib olgandan keyin musiqa uslublari tizimi qanday o‘zgardi?

QANDAY QILIB BUTUNJAHON JAMIYATIGA DO‘ST BO‘LISH MUMKIN?

Arablar Movarounnahrni bosib olgandan keyin musiqa uslublari tizimi qanday o‘zgardi?

O‘rta Osiyo (Movarounnahr)ning arablar tomonidan istilo qilinishi, uning arab xalifaligi tarkibiga qo‘shib olinishi IX asrdan boshlab islom dinining bu mintaqadagi yagona hukmron dinga aylanishimadaniyat va san’at, jumladan, musiqa san’ati rivojida juda katta burilish yasagan.

Arablar Movarounnahrni bosib olgandan keyin musiqa uslublari tizimi qanday o‘zgardi?

O‘sha davrdan boshlab, ming yildan ko‘proq vaqt mobaynida O‘rta Osiyoda musiqa san’ati islom tamadduni zaminida taraqqiy etgan. Arab istilosining ilk davri (VIII – IX asrlar) O‘rta Osiyodagi qadimiy musiqiy an’analarining yangi islom nafosati talablariga moslashuv va qayta shakllanish bosqichi bo‘lgan. Bu jarayon musiqa madaniyatining turli jihatlari – sozgarlikdan tortib to ijrochilikkacha, kuylash san’atidan harbiy va saroy musiqasigacha bo‘lgan sohalarni qamrab olgan. 

Arablar kirib kelguniga qadar Movarounnahr, Xuroson va Eronda mavjud bo‘lgan ohanglar tizimi «haft parda» – XI – XII asrlar davomida yetti pardadan o‘n ikki pardaga ko‘tarilgan. U xalifalik shaharlaridagi hukmdorlar saroyi va zodagonlar qatlamidagi musiqa ijrochiligida yetakchi mavqega ega bo‘lgan.

Parda tizimi (keyinchalik shadd, davr, maqom) bilan bog‘liq oliy san’at haqida, keyinchalik unga eski va yangi qoidalarning qo‘shilishi haqida «xurosonlik ustod» Muhammad Nishopuriyning XII asr oxiri va XIII asr birinchi yarmida bitilgan, ayni paytda Rossiya Fanlarakademiyasining Sharq qo‘lyozmalari institutida saqlanayotgan (№S 612) musiqa haqidagi bebaho risolasida qimmatli ma’lumotlar berilgan. 

Risolada 12 parda tizimi va ulardan hosil bo‘ladigan shoʻbalar, ularning ichki bog‘liqliklari yangi (islomiy) davr badiiy-estetik hamda mafkuraviy talablari asosida muvaqqat va fizik (fiziognomik) «reglamentlari» bayon qilinadi. Parda tarixi haqidagi bobda ulardan dastlabki yettitasining ijodkori sifatida yuqorida tilga olingan Borbad nomi keltirib o‘tilgan.

Mavzu doirasida batafsil “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida" turkumidagi "O‘zbekiston musiqiy merosi Rossiya Federatsiyasi to‘plamlarida" kitob-albomida (VI jild) tanishishingiz mumkin.

Loyihaning bosh homiysi Eriell-Group neftservis kompaniyasi.