Buxoro xazinalari: Sharifjon Maxdum kutubxonasi izidan

QANDAY QILIB BUTUNJAHON JAMIYATIGA DO‘ST BO‘LISH MUMKIN?

Buxoro xazinalari: Sharifjon Maxdum kutubxonasi izidan

Markaziy Osiyo hududidagi shaxsiy kutubxonalar va kitob fondlarining shakllanishi, paydo bo‘lishi tarixi uzoq o‘tmishning VIII–XIV asrlariga, yaʼni somoniylar, qoraxoniylar va temuriylar davlatlari davriga borib taqaladi.

Buxoro xazinalari: Sharifjon Maxdum kutubxonasi izidan

O‘sha davrdagi shaxsiy kutubxonalarning rivojlanishiga davlatlarning iqtisodiy va madaniy holati, kitobga eʼtibor qaratilishi, umuman, musulmon jamiyatiga xos bo‘lgan xususiyat, hukmron saroylaridagi homiylik ishlari va kitob mahsulotlari ishlab chiqarishning o‘sib borishi yaxshi taʼsir ko‘rsatdi. 

XIX asrda va XX asrlarning boshlarida shaxsiy kutubxonalar, ayniqsa, Buxoro, Farg‘ona, Samarqand, Toshkent va boshqa shaharlardagi kutubxonalar jadal rivojlana boshlagan. Shaxsiy kutubxonalarni kitoblar bilan boyitishning asosiy manbalari asosan jismoniy shaxslarning sovg‘a qilgan, mamlakat ichkarisida va xorijdan sotib olingan kitoblar hisoblangan. 

Ammo ko‘pincha kitobga qiziquvchilar va kolleksionerlar taniqli olimlar, yozuvchilar va ilohiyotchilarning nodir, qadimiy asarlarini sotib olish uchun qo‘shni mamlakatlarga, xususan, Eron, Afg‘oniston, Saudiya Arabistoniga ham borib kelishgan. Shaxsiy kutubxonalarning eng ko‘pi Buxoro amirligi hududlariga to‘g‘ri keladi: beklar, qozilar, mullalar, maʼmuriy boshqaruv idoralari vakillari, ziyolilar, yozuvchilar, olimlar o‘zlarining shaxsiy kitoblar to‘plamlariga ega bo‘lganlar. Ko‘plab kutubxonalar ancha oldindan shakllangan va avloddan avlodga o‘tib kelgan. 

Buxorolik mashhur kitobsevar Sharifjon Maxdum qo‘lyozmalarni ko‘p yillar davomida yuksak muhabbat va did bilan to‘plab chiqqan. 

«U kitoblarga juda boshqacha mehr qo‘ygan edi, – deb yozgan u haqida sharqshunos, akademik A.A. Semyonov, – va u fanlarning turli sohalariga oid kitoblar va qo‘lyozmalarni, bu yo‘lda kuchini ham, pulini ham ayamagan holda, to‘plagan: agar u birovning qo‘lida nodir kitob nusxasini ko‘rib qolsa yoki qayerda borligini eshitsa, har qanday yo‘l bilan uni sotib olishga harakat qilardi». 

Taniqli yozuvchi, olim va jamoat arbobi Sadriddin Ayniyning so‘zlariga ko‘ra, Sharifjon Mahdum kutubxonasi Buxoroning eng yaxshi va anchagina boy shaxsiy kutubxonalaridan biri hisoblangan. Davlat jamoatchilik kutubxonasi (hozirgi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi)ning Sharq bo‘limi ushbu buxorolik kolleksioner va nodir kitoblar ixlosmandlarining vorislaridan 300 jildga yaqin qimmatbaho qo‘lyozma nusxalarini sotib olgan. 

Mavzu doirasida batafsil “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida" turkumidagi “Alisher Navoiy nomidagi O'zbekiston milliy kutubxonasining qo'lyozma va kitob merosi” kitob-albomida (XLI jild) tanishishingiz mumkin. 

Loyihaning bosh homiysi – Eriell-Group neft xizmatlari kompaniyasi.