Navoiy kutubxonasining alohida qimmatli nashrlar fondi sirlari

QANDAY QILIB BUTUNJAHON JAMIYATIGA DO‘ST BO‘LISH MUMKIN?

Navoiy kutubxonasining alohida qimmatli nashrlar fondi sirlari

O‘zbekiston Milliy kutubxonasining Qo‘lyozmalar, noyob va alohida qiymatga ega nashrlar xizmati fondi – bu qo‘lyozma kitoblar va bosma nashrlar, qo‘lyozma va grafik hujjatlar, muhim tarixiy, ilmiy, badiiy yoki boshqa madaniy ahamiyatga ega bo‘lgan tarixiy hujjatlardan iborat kutubxona fondining bir qismi bo‘lib, bu bo‘limga nisbatan maxsus (qatʼiy) hisobga olish, saqlash va foydalanish tartibi joriy etilgan.

Navoiy kutubxonasining alohida qimmatli nashrlar fondi sirlari

Ushbu Fondda 200 000 dan ortiq hisobdagi kitoblar mavjud bo‘lib, ulardan 30 000 dan ortig‘i nodir kitoblar hisoblanadi. Jamg‘arma materiallarini tartibli tarzda joylashtirish, shuningdek, axborot-kutubxona resurslarini joylashtirish uchun quyidagi gradatsiyadan foydalaniladi. 

Har bir yuz yillik uchun yunoncha “Palayos” (“qadimgi”) so‘zining birinchi harfidan olingan “P” bosh harfi shaklidagi hamda XV – XVI asrlar kitoblari uchun “a” shaklida, XVII asr uchun « ye» sh aklida, XVIII asr uchun “i” shaklida, Buyuk Fransiya inqilobi davridagi kitoblar uchun “o” shaklida, Sharq qo‘lyozmalari va toshbosmalar uchun “v” shaklida, maʼlumotnoma va bibliografik yo‘nalishlar uchun “s” shaklida, XIX asr uchun “u” shaklida, XX asr uchun esa “ya” shaklidagi nashrning seriya raqami qo‘shilgan kichik unli harflar bilan belgilangan o‘z kodlari qo‘yilgan. 

Jamg‘arma faoliyatining ilk kunlaridan boshlab nafaqat maxsus ichki kataloglar tashkil qilindi, balki tadqiqotlar, alohida to‘plamlarning ilmiy tavsiflari ham yo‘lga qo‘yila boshlandi va o‘zbek adabiyotining juda noyob ilk bosma nashrlari sotib olindi. Qo‘lyozmalar, noyob va alohida qiymatga ega nashrlar xizmati fondida XII–XX asr-larga oid nodir kitoblar kolleksiyasi jamlangan. Ular turli qo‘lyozmalar, litografiya (toshbosma) usuli bilan bosilgan kitoblar va davriy nashrlar, shuningdek, o‘rta asrlarda Yevropada chop etilgan kitoblarning juda ko‘plab nusxalaridan iborat. Ular orasida, Gollandiyaning mashhur Elzevirlar firmasining kitoblarini alohida taʼkidlab o‘tishimiz mumkin. 

Shuningdek, fondda Pv-9, Pv-10, Pv-12 va Pv-15 Pv-21 raqamlari ostida Qurʼon kitobining nodir qo‘lyozma juzlar (qismlar)i saqlanadi. Masalan, beshinchi qismdagi qo‘lyozma (al-Juz al-xamis li-l-Qurʼonil karim) Niso – Ayollar surasining 24 – 147 oyatlarini o‘z ichiga oladi. Zarhal qo‘shimchalar va naqshlar bilan bezatilgan matnlar Amir Temurning nabirasi Boysung‘urning (802/1399 – 837/1433) kitobxonasida ishlagan xattotlar va rassomlar tomonidan yaratilgan. Kitob XV asrda qayta ko‘chirib yozilgan. 

Mavzu doirasida batafsil “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida" turkumidagi “Alisher Navoiy nomidagi O'zbekiston milliy kutubxonasining qo'lyozma va kitob merosi” kitob-albomida (XLI jild) tanishishingiz mumkin. 

Loyihaning bosh homiysi – Eriell-Group neft xizmatlari kompaniyasi.