Usta yasagan o‘yinchoqlar afsonaviy hayvonlar va qushlarning terrakota qiyofalari…

QANDAY QILIB BUTUNJAHON JAMIYATIGA DO‘ST BO‘LISH MUMKIN?

Usta yasagan o‘yinchoqlar afsonaviy hayvonlar va qushlarning terrakota qiyofalari…

Samarqand kulolchilikning eng qadimgi markazidir.

Usta yasagan o‘yinchoqlar afsonaviy hayvonlar va qushlarning terrakota qiyofalari…

Necha yuz yillik anʼanalarni saqlab qolgan eng mashhur ustalardan biri Umarqul Jo‘raqulov (1894 – 1973) sanaladi. O‘z faoliyatida u Samarqand shahrining qadimgi o‘rni – Afrosiyobda topilgan arxeologiya artefaktlarini o‘rganishga alohida eʼtibor qaratgan. Usta yasagan o‘yinchoqlar afsonaviy hayvonlar va qushlarning terrakota qiyofalari, shuningdek, O‘rta Osiyo ikki daryo oralig‘i vohalari bo‘ylab tuya va otliq karvonlari harakatlangan Buyuk ipak yo‘li davrini eslatuvchi chavandozlardir. 

Samarqandning kichik o‘lchovli haykaltaroshligi xalq hunarmandchiligi chegarasidan chiqib, yuksak kasb sanʼatiga aylanadi, g‘oyat turli siymo va mavzular bilan boyib boradi.  Kulollar idish shakllarini yangilab borishda o‘zlarini sinab borib, nihoyat turkumtasvirlashga urg‘u beradilar.

Germaniyadagi Saksoniya Davlat etnografiya to‘plamlari (SES) 2004 yili Leypsig, Drezden va Xernxutdagi uchta etnologiya muzeyining ko‘rgazmalaridan yig‘ilgan.  Uch muzeyning hammasi ashyolar yig‘ish bo‘yicha o‘z anʼanasiga ega bo‘lib, bu ularning tarixiga ham mutanosib keladi. Leypsigda diqqat markazida kulolchilik tursa, Drezdenda to‘qimachilik shunday ahamiyatga ega. Xernxutga kelsak, uning kichkina to‘plamida O‘zbekistonga oid ashyolardan bir nechta bor, xolos. Hozirda bor o‘zbek to‘plamining katta qismi leypsiglik rassom Gerd Tilemann tomonidan yig‘ilgan. 

Gerd Tilemann bir qancha terrakota qiyofalarni sovg‘a o‘rnida ustalarning o‘zidan, xususan, samarqandlik usta U. Jo‘raqulovning shogirdi Xudoyberdi Haqberdiyevdan (1949 yili tug‘ilgan) olgan. 

Samarqanddan 30 km janubi-sharqdagi Urgut shahri kulol Oblaqulovlar oilasining vatanidir. Usta Mahkam Obloqulov va uning ishini davom ettirayotgan o‘g‘li Noʻmon o‘ziga xos o‘yma naqshli ko‘plab laganchalar va kosalar muallifidirlar. O‘ymachilik juda qadimgi anʼana bo‘lib, uning yordamida bir maromda tushirilgan va zarhal, yashil sir qoplama bilan chiroy bag‘ishlangan turli geometrik unsurlar ifodalanadi. Bizning to‘plamda suv ko‘za va mazkur ustalarning moy ko‘zasi bor. Shahrisabzlik ustalar Xudoyqulov va Muzaffarov bezakli laganlarni yasashda yorqin va yoqimli bo‘yoqlarni afzal ko‘rganlar. 

Mavzu doirasida batafsil “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida" turkumidagi “Germaniya Federativ Respublikasi to‘plamlari” kitob-albomida (XI jild) tanishishingiz mumkin. 

Loyihaning bosh homiysi – Eriell-Group neft xizmatlari kompaniyasi.