Davlat san’at muzeyi kolleksiyasida qanday matolar namunalari saqlanadi?

QANDAY QILIB BUTUNJAHON JAMIYATIGA DO‘ST BO‘LISH MUMKIN?

Davlat san’at muzeyi kolleksiyasida qanday matolar namunalari saqlanadi?

DSM kolleksiyasida abr matolar alohida o‘rin tutadi.

Davlat san’at muzeyi kolleksiyasida qanday matolar namunalari saqlanadi?

Ularning nomi abrbandi sifatida ma’lum bo‘lgan murakkab va serdiqqat ishlab chiqarishning usuli bilan bog‘liq. Ushbu usul asos iplarining alohida qismlarini bog‘lash, keyinchalik naqsh va rangiga ko‘ra bosqichma-bosqich bo‘yash yo‘li bilan rezervatsiya qilishdan iborat. Natijada noaniq konturlarga ega bo‘lgan rang-barang naqshli matolar hosil bo‘lgan. Gʻarbda iplarni shunga o‘xshash usulda bo‘yash yo‘li bilan foydalangan holda yaratilgan matolar ikat nomi bilan ma’lum.

Material tarkibiga ko‘ra abr matolar ikki guruh – ham asos, ham arqoq uchun ipak iplar ishlatiladigan ipak matolar hamda asosi ipakdan, arqoqi esa paxtadan bo‘lgan adras turidagi matolarga bo‘lingan. Paxta arqoq ipining qalinligi asosning ipak ipidan bir necha marta kattaroq bo‘lib, natijada adras yuzasi o‘ziga xos chiviqli ta’sirga ega bo‘lgan.

Abr matolarning naqshi turlichadir: maishiy buyumlar tasviri, o‘simlik, hayvonlar surati, geometrik mavzular. Quyosh spektrining barcha ranglarini o‘z ichiga olgan ko‘p rangli naqshlar quyidagi nomlarga ega bo‘lgan tirikamon – kamalak, bahor, chaman. XX asr boshlariga qadar abr matolardan hozirgi O‘zbekistonning markaziy hududlarida erkaklar choponi, ayollar choponi — mursak, bolalar kiyimi va ko‘ylaklar tikilgan. Adraslardan yostiq, chiroyli ko‘rpachalar, ko‘rpalar va boshqa uy-ro‘zg‘or buyumlari tayyorlangan.

DSM kolleksiyasida buxorolik ustalarning adraslari va baxmal matolar (a’lo baxmal) ning noyob namunalari taqdim qilingan. Ularni yirik medalon va gulg‘uncha shaklidagi ifodali naqsh, boy kolorit ajratib turadi. Shuningdek, muzey fondida Marg‘ilon ipak matolarining XX asr birinchi yarmidagi ajoyib namunalari saqlanadi. Marg‘ilon hozirgi vaqtda ham shoyi to‘qishning tan olingan markazi hisoblanadi. XIX – XX asrlar davomida yo‘l-yo‘l mato – beqasam keng tarqalgan bo‘lib, uning naqshlari, abr matoniki kabi asosning rangli iplari bilan yaratilgan.

1920 yillarda mamlakatda fabrika matolarining yetishmovchiligi kosib ip gazlama to‘qimachiligi faollashuvini yuzaga keltirdi. Biroq 1930 yillardan boshlab va 1980 yillarning oxirigacha Toshkent, Samarqand, Marg‘ilonda sanoat to‘qimachilik korxonalari ishga tushib, bu esa o‘z navbatida kosibchilik ishlab chiqarish matolarining sekin-asta yo‘qolishiga olib keldi.

DSM kolleksiyasidagi matolar nafaqat ko‘rgazmaga qo‘yiladi, balki o‘rganiladi ham. Etnograf O. A. Suxarevaning monografiyasi O‘zbekistonning badiiy to‘qimachiligiga bag‘ishlangan birinchi tadqiqot hisoblanadi. Keyinchalik to‘qimachilik mavzusi S. M. Mahkamova va D. A. Faxriddinovaning tadqiqot mavzusi bo‘lib qoldi.

Bu haqda “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida” turkumidagi “O‘zbekiston Davlat san’at muzeyi to‘plami” (XIII jild) kitob-albomidan batafsil ma’lumot olishingiz mumkin.

Loyihaning bosh homiysi Eriell-Group neftservis kompaniyasi.