O‘zbek xonliklarida qanday matolar ishlab chiqarilgan?

QANDAY QILIB BUTUNJAHON JAMIYATIGA DO‘ST BO‘LISH MUMKIN?

O‘zbek xonliklarida qanday matolar ishlab chiqarilgan?

Azaldan O‘zbekiston hududida ip gazlama, ipakli, yarim ipakli va jun matolar ishlab chiqarilishi ma’lum.

Hunarmandchilik turi sifatida shoyichilik eramizdan avvalgi II minginchi yilda Xitoyda yuzaga kelgan bo‘lib, vaqt o‘tib butun Buyuk ipak yo‘li bo‘ylab, shu jumladan O‘rta Osiyoda mashhur bo‘lgan. 

Mahalliy ipak matolarning ilk saqlanib qolgan namunalari V – VII asrlarga borib taqaladi. Ular zandanachi sifatida mashhur bo‘lgan, ya’ni Buxoro yaqinidagi Zandana qishlog‘ida yasalgan. 

XVIII asrdan boshlab va XX asr boshigacha to‘qimachilik gullab yashnashining eng yorqin davrlarini boshdan kechiradi. O‘zbek xonliklarining ustalari ip gazlamalar: beqasam, banoras, adras, duro‘ya, yakro‘ya, atlas, baxmal; ipak gazlamalar: shoyi, atlas, xonatlas ishlab chiqarishgan.

Bu haqda “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida” turkumidagi “O‘zbekiston Davlat san’at muzeyi to‘plami” (XIII jild) kitob-albomidan batafsil ma’lumot olishingiz mumkin.

Loyihaning bosh homiysi Eriell-Group neftservis kompaniyasi.
O‘zbek xonliklarida qanday matolar ishlab chiqarilgan?O‘zbek xonliklarida qanday matolar ishlab chiqarilgan?